Er-xotin uzoq muddat birga yashamasa, qayta nikoh o‘qitishi kerakmi?

Er-xotin uzoq muddat birga yashamasa, qayta nikoh o‘qitishi kerakmi?

Savol:

Er-xotin 3-4 oy arazlashgan holda ikkisi boshqa uyda yashagan bo‘lsa, lekin “taloq” so‘zi ishlatilmagan bo‘lsa, qayta nikoh o‘qitish shartmi yoki shartmasmi?

Javob:

Bismillah, alhamdulillah. Agar erning og‘zidan “taloq” so‘zi chiqmasa yoxud taloqni niyat qilgan holda uning “kinoyalarini”, ya’ni niyatga qarab taloq o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan so‘zlarni (masalan, “uyinga ket!”, “boshing ochiq!” kabi so‘zlarni) ayoliga qarata taloq niyatida gapirmagan bo‘lsa, er-xotin oylab ko‘rishmagan yoki bir necha yil aloqa qilmagan bo‘lsa ham ularning nikohi o‘z kuchida qoladi. Bunda qayta nikoh o‘qitish shart emas. Nikoh erning taloq qilishi yoki ikki tarafdan birining vafot etishi bilan barham topadi. er-xotinning urishishi, bir-biridan arazlashi nikohga zarar yetkazmaydi. Chunonchi, janjallashish, arazlashish yoki ma’lum muddat birga yashamaslik sababidan oraga taloq tushmaydi.
Vallohu a’lam!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!