Er olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi

Er olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro T.S. o‘zgalar mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqarolar M. va O.ga Toshkent viloyatidan 27 sotix yer maydonini “Elektron onlayn auksion” orqali olib berishiga ishontirib, ularning jami 80 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!