Engil atletika: O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo chempionatida 4 ta oltin qo‘lga kiritdi
O‘zbekistonlik sportchilar yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 4 ta oltin qo‘lga kiritdi.
Bular:
▪️Barnoxon Sayfullayeva (balandlikka sakrash, 1.84 m)
▪️Xushnoza Shavkatova (uch hatlab sakrash, 13.07 m)
▪️Dilshoda Usmonova (stipl-chez, 10:22.402)
▪️O‘g‘iloy Norboyeva (ko‘pkurash, 5130 ochko)
O‘n kurashchilar Nodir Norboyev (6956 ochko) va Samandar Mahmudov (6840) mos ravishda kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning 3-kuni yakunida umuiy medallar soni 4 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronzani tashkil etmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)