Davlat, xususan, ijtimoiy soha muassasalari tomonidan xarid qilinadigan buyum va jihozlarning tanlov asosida sotib olinishidan ko‘zlangan maqsad, nisbatan arzon, sifatli mahsulotni tanlash, shuningdek, shaffoflik hamda teng raqobatni ta’minlash ko‘zda tutiladi. Ming afsuski, bu borada ayrim mutasaddilar o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab, turli qing‘irliklarni o‘ylab topmoqda.
Ana shunday holatlarning oldini olish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Andijon hududiy boshqarmasi tomonidan nazorat o‘rganishlari olib borildi. Unda davlat xaridlari elektron tizimlarida davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlarda O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi, “Raqobat to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar talablari buzilishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rildi.
Nazorat tadbirida “O‘zsuvta’minot” AJ Suv ta’minoti va oqova suv ob’ektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi buyurtmachiligida o‘tkazilgan eng yaxshi taklif savdosi o‘rganildi. Natijada Paxtaobod tumani, Hayotbaxsh mahallasida tashkil etilayotgan to‘qimachilik industrial zonasida ichimlik suv tizimini qurish ob’ektini loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha boshlang‘ich narxi 230 million so‘m bo‘lgan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi hamda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunlari talablariga rioya etilmaganligi aniqlandi va ushbu savdo bekor qilindi.
Shuningdek, Andijon viloyati Xonobod shahar tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligida tibbiyot birlashmasiga monoblok va printer sotib olish bo‘yicha boshlang‘ich narxi 645 million so‘m bo‘lgan eng yaxshi taklif savdosi ham yuqoridagi qonunlarda belgilangan talablariga zid ravishda o‘tkazilganligi uchun bekor qilindi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Ҳамюртимиз Абдуқодир Ҳусанов тўп тепаётган "Манчестер Сити" бугун, 17 декабрь куни Англия Лига кубоги чорак финали доирасида ўз майдонида "Брентфорд"ни қабул қилади.
Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.
Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.
Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.
Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.