Eng ko‘p kitob o‘qigan xodimga pul mukofoti beriladi
“Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–9-son, 15.01.2026 y.) qabul qilindi.
Qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad 2026 – 2030 yillarda aholining kitobxonlik darajasi (1 odam o‘qiydigan kitob soni)ni yiliga o‘rtacha 10 ta kitobga yetkazish etib belgilandi.
Qarorga ko‘ra, barcha vazirlik va idoralarda:
🔹 2026 yil 1 martga qadar tegishli soha bo‘yicha tavsiya etiladigan kasbiy faoliyatga oid adabiyotlar ro‘yxati shakllantiriladi;
🔹 har yili kamida 3 tadan kasbiy faoliyatga oid xorijiy adabiyotlarni mahalliy nashriyotlar orqali o‘zbek tiliga tarjima qilib, malakali mutaxassislar ishtirokida ularni izohlar, lug‘at va misollar bilan boyitish amaliyoti joriy etiladi;
🔹 2026 yil 1 aprelga qadar o‘zida va tizimidagi tashkilotlarda “Kitob burchagi” tashkil etiladi va xodimlar uchun har oyda “Kitob o‘qish soati” yo‘lga qo‘yiladi;
🔹 kitobxonlik bo‘yicha ichki reyting tizimi joriy etiladi;
🔹 tanlov asosida eng ko‘p kitob o‘qigan xodimga 1 oylik ish haqi miqdorida pul mukofoti beriladi.
💸 Shuningdek, eng ko‘p kitob o‘qigan top-100 talikka kiradigan o‘quvchi va talabalarning har biriga BHMning 25 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.
