Eng ko‘p ajrashish qaysi hududda qayd etildi?

Eng ko‘p ajrashish qaysi hududda qayd etildi?

2020 yilning 9 oyida respublika bo‘yicha 19 970 ta ajrim holatlari qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3 608 taga kam.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 9 oy mobaynida FHDYo organlarida qayd etilgan ajrimlar soni bo‘yicha Toshkent shahri – 2746 ta, Andijon – 2271 ta, Toshkent – 2074 ta, Samarqand – 2058 ta va 1988 ta bilan Farg‘ona viloyatlari yuqori o‘rinni egallagan.

Respublika bo‘yicha 9 oyda eng kam ajrim holatlari Navoiy (669 ta) viloyatida qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!