Eng avval nazoratchi malakali bo‘lsin...

Eng avval nazoratchi malakali bo‘lsin...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni tomonidan Toshkent viloyatidagi nazorat qiluvchi organlar xodimlariga xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda tekshirish o‘tkazish huquqini beruvchi guvohnoma berish uchun muntazam ravishda attestasiya o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida nazorat qiluvchi organlarning 300 nafardan ziyod xodimlari attestasiyadan o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 45 nafarga yaqin xodim tadbirkorlik sub’ektida tekshirishlarni o‘tkazish uchun yetarli malakaga ega emasligi aniqlandi va ularga tekshirish o‘tkazish xuquqini beruvchi guvohnomalarni berish rad etildi. Bu xodimlarga Davlat nazorati sohasidagi amaldagi qonunchilikni mukammal o‘zlashtirib malakalarini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Biznes Vakil devoni matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!