Endilikda Google LLC O‘zbekistonga soliq to‘laydi

Endilikda Google LLC O‘zbekistonga soliq to‘laydi

Google LLC mobil ilovasi O‘zbekistonda soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu kompaniya xizmatlaridan foydalanganda, endi 15 foizli QQS ni ham hisobga olish kerakligini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yildan boshlab O‘zbekistonda elektron shakldagi tovar va xizmatlar savdosi bilan shug‘ullanadigan xorijiy yuridik fuqarolar jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan bunday xizmatlar bo‘yicha soliq to‘lovchi hisoblanadi. Soliq idorasi ana shu maqsadda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy internet-kompaniyalarga ro‘yxatdan o‘tish va soliq to‘lash imkonini beradigan QQS-ofisni tashkil etdi.

Oldingi yillarda Irlandiyada ro‘yxatdan o‘tgan Google — Google Commerce Limited va Google Ireland Limited kompaniyalarining sho‘’ba korxonalari mamlakatimizda ro‘yxatdan o‘tgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!