Endi UZCARD bankomatlaridan 200 ming so‘mlik banknotlarni ham olish mumkin

Endi UZCARD bankomatlaridan 200 ming so‘mlik banknotlarni ham olish mumkin

Yagona umumrespublika prosessing markazining xabar berishicha, UZCARD bankomatlarida yaqinda muomalaga chiqarilgan 200 ming so‘m qiymatiga ega banknotlarni olish ("cash out') imkoniyati qo‘shildi. Hozirda mazkur imkoniyatni barcha UZCARD bankomatlarida qo‘llash ustida ish borilmoqda, deyilgan xabarda.

Shuningdek, xabarda aytilishicha, tez orada UZCARD bankomatlarida yangi banknotlarni nafaqat olish, balki kiritish ("cash in") ham mumkin bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!