Endi jigar xastaligi so‘lakka qarab aniqlanadi

Endi jigar xastaligi so‘lakka qarab aniqlanadi

Olimlar jigar xastaliklarini aniqlashda yangi texnologiya yaratishdi. Endi jigardagi har qanday kasallikni odamning so‘lagi asosida aniqlash mumkin. So‘lak hatto yiliga 20 milliondan ziyod odamga yuqib azob berayotgan «E» gepatitini ham bir necha daqiqa ichida aniqlab beradi.

Barchaga ma’lum, shu kunga qadar jigar xastaliklariga aniq tashxis qo‘yish uchun qon va axlat tahlili talab etilgan. Bu tahlillar esa ko‘p vaqtni o‘g‘irlaydi. Shu muddatda bemorning ahvoli yanada og‘irlashishi yoki olamdan o‘tishi ham hech gap emas. Chunki shifokor aniq tashxis qo‘ymasdan turib, bemorni davolash imkoniga ega emas. Ana shuning uchun ham so‘lak orqali tashxis qo‘yish texnologiyasi juda qo‘l keladi. Bu tashxis bemor uchun juda arzonga tushibgina qolmay, tez fursatda kasallikni aniqlashda yordam beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!