Endi yer uchastkasini onlayn xususiylashtirish mumkin

Endi yer uchastkasini onlayn xususiylashtirish mumkin

Endilikda yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun my.gov.uz portaliga onlayn murojaat yuborish mumkin. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xabar berdi.

Fuqarolar o‘zlariga tegishli ko‘chmas mulk – yer uchastkalarini (ko‘p qavatli uylar bundan mustasno) kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish orqali xususiylashtirishi mumkin.

Portalga kelib tushgan ariza Kadastr agentligi va Qurilish bo‘limlariga yo‘naltiriladi. Mutaxassislar yer uchastkasini xususiylashtirishga monelik qilmaydigan tomonlarni tekshirib chiqadi.

Qurilish bo‘limlari esa yer uchastkasi hududining shaharsozlik me’yorlariga mos kelishini o‘rganadi. Barcha tekshiruvlardan o‘tgach fuqaroga xususiylashtirish haqida xabarnoma yuboriladi va talabgor to‘lovni amalga oshiradi. Bino kadastrdan o‘tmagan bo‘lsa, yer xususiylashtirilmaydi.

Arizani ko‘rib chiqish uchun 24 300 so‘m miqdorida yig‘im va yer uchastkasini xususiylashtirish uchun differensial to‘lov undiriladi.

Ma’lumot uchun, har bir jismoniy va yuridik shaxs o‘ziga tegishli bo‘lgan yer uchastkasini faqat o‘zigina sotib oladi. Bu auksionga qo‘yilmaydi va boshqa odam sotib olishi yoki boshqa odamga o‘tib ketishi mumkin emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!