Emlashni 100 foizga uddalashning imkoni yo‘q. Chunki...

A A A
Emlashni 100 foizga uddalashning imkoni yo‘q. Chunki...

Hayot bor ekan, insoniyat hamisha yaxshi yashash yo‘lida kurashadi, rivojlanish sari intiladi. Odamlar o‘rtasida barcha sohalarda yaxshilik sari borilayotganligi ko‘zga tashlanadi. Shu jihatdan qaralganda omma orasida turli xil yuqumli kasalliklar va ularning oldini olish harakatlari ham azaldan bo‘lgan. Bu harakat bugun ham davom ettirilmoqda.

— Mustaqillikning dastlabki davrida O‘zbekiston Respublikasida olti turdagi yuqumli kasalliklarga qarshi aholi rejali emlanar edi, - deydi Samarqand viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi rahbari Adham Bahromov. — Bugungi kunga kelib esa amaldagi emlash kalendariga muvofiq, o‘n uch turdagi yuqumli kasalliklarga qarshi emlash ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Shu o‘rinda ma’lumot uchun aytish kerakki, tibbiyot amaliyotida rejali emlash, mavsumiy kasalliklarga qarshi emlash, epidemik ko‘rsatmaga asosan emlash, profilaktika maqsadida endemik hududlarga borishdan avval emlash, sog‘lomlashtirib emlash tartiblari mavjud.

— Adham aka, tibbiyotdagi bunday tadbirlarning samarasi haqida gapirsangiz...

— Bugun ko‘pchilikni qiziqtirgan, hayotimizga muhim vazifa bo‘lib kirib kelgan vaksinasiya jarayonini olaylik. Shol, bo‘g‘ma, qoqshol, ich terlama, quturish, virusli gepatit V ning ko‘rinishi kabi kasalliklarning umuman qayd etilmayotganida, qizamiq, qizilcha, o‘pkadan tashqari to‘qimalar sili, ko‘kyo‘tal, kuydirgi, tepki kabi kasalliklarning juda kam uchrayotganida uning samarasini yaqqol sezish mumkin.

Ma’lumki, vaksinalarni yaratish, dastlab eksperimental hayvonlarda klinikadan oldingi tajribani o‘tkazish, keyinchalik bir necha bosqichda ko‘ngillilarda klinikadan keyingi sinovlarni o‘tkazish, xavfsizligi va samaradorligini baholash, uni ishlab chiqarish bo‘yicha ruxsatnomalarni rasmiylashtirish va qo‘llanilmoqchi (ishlatilmoqchi) bo‘lgan davlatda rasman ro‘yxatdan o‘tkazish, ma’lum bir vaqtni va immunologik samaradoriligini tasdiqlovchi qator xujjatlar taqdim etilishini talab qiladi. Mana shu kator bosqichlardan o‘tilib, Respublikamizda, jumladan viloyatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash uchun 3 turdagi vaksina joriy yilning 1 aprelidan boshlab qo‘llanishga ruxsat berildi.

— Koronavirusga qarshi emlash tadbirlari qay tariqa boshlandi?

— Sog‘likni saqlash vazirligining buyrug‘i bilan COVID-19 ga qarshi emlash tartibi tasdiqlandi. Tibbiyot xodimlarining bu boradagi vazifalariga bir qator oydinlik kiritildi, ular zimmasidagi mas’uliyat oshirildi. Respublikamizda 3 turdagi qo‘llaniladigan vaksinalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shu maqsadda COVAX dasturi asosida Hindiston davlatida ishlab chiqarilgan 75 ming doza AstraZeneca “Kovishild” vaksinasi olib kelindi va taqsimot asosida shahar va tumanlarga yetkazildi. Ushbu vaksinani Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2021 yil 8 fevralida favqulodda holatlarda qo‘llash uchun tavsiya etgandi. U O‘zbekiston Respublikasida 2021 yil 17 martda SSVning “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat Markazi” DUK tomonidan sertifikasiyadan o‘tkazilgan.

Shuningdek, Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceuticai Co., Ltd kompaniyasi va o‘zbek olimlari bilan birgalikda ishlab chiqarilgan yangi rekombinant ZF-UZ-VAK2001 koronavirus vaksinasidan 318 200 doza olib kelindi. ZF-UZ-VAK2001 vaksina ham O‘zbekistonda 2021 yil 29 martda DV/X 08646 son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Mazkur vaksinaning uchinchi bosqich klinik sinovlari O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazildi. Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan mazkur vaksinadan favqulodda holatlarda foydalanishga ruxsat berilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi SSV ning “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat Markazi” DUK tomonidan rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgan va xavfsizlik, samaradorlik nuqtai nazaridan baholanib respublika hududida ishlatishga ruxsat berilgan.

Shuningdek «Sputnik V» vaksinasi ham Rossiya Federasiyasida 3-faza klinik sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan. Undan foydalanishni jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiya etmagan bo‘lsada, Rossiya Federasiyasi va 40 dan ortiq davlatlarda, jumladan, Respublikamizda ham «Sputnik V» ning samaradorligi yuqori baholangan. Shu bois undan emlash jarayonlarida foydalanib kelinmoqda.

Viloyatda xuddi mamlakatimizning boshqa hududlaridagi singari birinchi navbatda, kasallikni yuqtirib olish xavfiga qarab emlash boshlandi. Bunda e’tibor xavf guruhiga mansub bo‘lganlikka qaratildi. Masalan, 65 yoshdan yuqori bo‘lgan aholi qatlami, tibbiyot xodimlari, surunkali kasalligi bilan dispanser nazoratida turuvchilar, xalk ta’limi va maktabgacha ta’lim xodimlari, Qurolli kuchlar vakillari, chet elga o‘qishga boradigan talabalar, ommaviy-axborot vositalari xodimlari, bosqichma-bosqich emlanmoqda. Xavfsiz immunizasiya qoidalariga rioya qilingan holda birinchi, ikkinchi, uchinchi doza vaksina bilan iyun oyiga qadar 219 mingdan ortiq aholi emlandi va bu jarayon davom etmoqda.

— Kasallik yuqishining epidemik jarayoni zanjirini uzishda vaksinasiyaning o‘rni muhimligi ma’lum. Buni siz mutaxassis sifatida fuqarolarga qanday tartibda tushuntirgan bo‘lardingiz?

— Bu epidemik zanjirni uzish uchun aholining kamida 60-70 foizida koronavirusga qarshi immunitet mavjud bo‘lishi kerak. Bu esa vaksinalarning samaradorligi, emlanuvchi aholi katlamining shakllantirilishi bilan bog‘liq. Shu o‘rinda savol tug‘ilishi mumkin, nega endi 60-70 foiz, ko‘rsatkichni bundan-da oshirish imkoniyatlari mavjud emasmi? Avvalo, tan olish kerakki, emlash jarayonini hech bir joyda 100 foizga uddalashning imkoni yo‘q. Chunki barcha insonlar organizmi bir xil emas. Ayrim organizmlarning emlash bilan kelisha olmasligi ham bor haqiqat. Lekin “COVID-19” ga qarshi emlashning pandemiyani jilovlashga, immun tizimini mustahkamlab, virusga qarshi kurashishda yordam berishini ham biror bir mutahassis inkor eta olmaydi. Hozirgi aytgan ko‘rsatkichimizni esa bu boradagi me’yoriy holat deyish mumkin. Bilamizki, har qanday kasallikni davolashdan ko‘ra uning oldini olgan muhim. Fuqarolarimiz koronavirusga qarshi emlanish orqali nafaqat o‘zini, balki atrofidagilarni ham himoya qilishga hissa qo‘shayotganlarini unutmasliklari kerak.

Abdurasul SATTOROV va

Alimardon XUDOYQULOV

suhbatlashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron AQShning F-35ga qanday raketa bilan zarba berganini ko‘rsatdi

Ушбу зенит ракетаси 25 км масофага уча олади ва икки усул билан бошқарилади: радар ва иссиқлик изловчи электро-оптик.

Husanovning finaldagi o‘yini qanday baholandi?

Англия Лига кубогининг (Carabao Cup) ҳал қилувчи финал баҳси ўз якунига етди.

Eron Trampning Hormuz bo‘g‘ozini ochish haqidagi ultimatumiga javob berdi

Бу ҳақда Эрон Миллий телерадиоэшиттириш корпорацияси (IRIB) Эрон Қуролли Кучлари Бош штабига таяниб хабар бермоқда.

AQSh Eronning neftdan taxminan 14 milliard dollar daromad olishiga imkon berdi

Бу ҳақда Ахios журналисти Барак Равид хабар берди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Goal «Oltin to‘p — 2026» uchun asosiy da’vogarlar ro‘yxatini yangiladi

Goal.com портали таҳлилчилари 2026 йилда «Олтин тўп» совринини қўлга киритишга асосий даъвогарлар рейтингини тақдим этишди.

"U — haqiqiy jangchi" — Britaniya OAVlari Husanovning "Real"ga qarshi o‘yinini olqishlamoqda

ESPN телеканалининг Британия таҳририяти журналисти Марк Огден Ўзбекистон терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановнинг «Манчестер Сити»даги ўсишини юқори баҳолади.

Trampning onasi o‘g‘li haqida: "U aqlsiz..."

Трампнинг онаси Мери Анна Трамп қачонлардир ўғли ҳақида берган интервьюсидан иқтибос чоп этилди.

Eron 4 ming kilometr uzoqlikdagi Britaniya-Amerika harbiy bazasiga hujum qildi

Бу ҳақда Mehr агентлиги хабар берди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Go‘sht narxi keskin oshmoqda

Ўзбекистонда гўшт нархи сўнгги вақтларда сезиларли қимматлашди.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qaysi davlatlar uchun ochganini aytdi

Reuters агентлигининг хабар беришича, аввалроқ Эрон расмийлари БМТ Хавфсизлик Кенгаши ва Халқаро денгиз ташкилотига тегишли билдиришнома юборган эди.

Eron prezidenti rus tilida Rossiya hukumati va xalqiga minnatdorchilik bildirdi

Унинг таъкидлашича, Россиянинг кўрсатган қўллаб-қувватлаши икки давлат ўртасидаги стратегик ҳамкорлик ва дўстлик алоқаларини мустаҳкамлайди.

Tramp Eron bilan sulh tuzilganini e’lon qilmoqchi

12-канал тарқатган хабарда айтилишича, АҚШ ва Эрон ўртасида якуний ва батафсил келишувларга эришилмаган тақдирда ҳам, бундай баёнот берилиши эҳтимолдан холи эмас.

Toshkentda ayol kishini ayol ekanligi tufayli ishga olishmadi

Мурожаатда қайд этилишича, у 2026 йил январь ойида Тошкент вилоятидаги иқтисодий соҳага оид ташкилотлардан бирига мавжуд лавозимга ишга қабул қилиш масаласи бўйича суҳбатдан ўтган, ариза ёзган ҳамда электрон шартномани имзолаган. Шундан сўнг ишга қабул қилиш тўғрисида буйруқ чиқиши кутилган.

Toshkentda 4 kishini urib yuborgan Tracker haydovchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Жиноят 26 март куни туш пайтида Ниёзбек йўли кўчасида келиб чиққан жанжалдан сўнг содир этилган. Кузатув камераларидаги тасвирларда воқеадан аввал бошқа одамлар кўз ўнгида икки эркак муштлашаётганини кўриш мумкин.

Yashillik darajasini oshirishga hissa qo‘shganlarga maxsus maqom beriladi

Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси самарадорлигини янада ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармони қабул қилинди.

Abbas Aragchi: AQSh so‘zlari va harakatlari qarama-qarshi

Аббас Арагчи Эрон ташқи ишлар вазири сифатида Туркия ташқи ишлар вазири Хакан Фидан билан телефон орқали суҳбатда АҚШнинг ҳаракатлари ва сўзлари ўртасида зиддият борлигини таъкидлади.

Eron bizdan bitim tuzishni yolvorib so‘ramoqda, men ulardan buni so‘raganim yo‘q — AQSh prezidenti

Доналд Трампнинг бошқа баёнотлари:

Voyaga yetmagan ikki qiz kirakashni tunab, uning qulog‘ini tishlab oldi

Ҳозирда эса ҳолат юзасидан тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Qozog‘istonda dron quladi

Аввалроқ, Қозоғистон Мудофаа вазирлиги бу каби дронларнинг 90 фоиздан ортиғи Россия 926-бош учиш синов маркази полигон ҳудудига тўғри келишини билдирган.

Noqonuniy oltin savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Экспертиза хулосасига кўра, ушбу олтин қуймасининг баҳоси 209 млн 757 минг сўмни ташкил этади.

Amudaryo orqali 10 kg narkotikni olib o‘tgan afg‘onistonlik narkokur’er ushlandi

Унинг ёнида бўлган 2 та қопнинг ичида эса жами 10 дона ўрамда 10 кг 354 гр “гашиш” гиёҳвандлик воситаси борлиги аниқланди.

Rossiya Ukrainaga bir sutkada qariyb mingta dron bilan hujum uyushtirdi

Украина Мудофаа вазирлигининг маълум қилишича, Россия армияси Украинага қарши қарийб 1000 та дрондан иборат улкан ҳаво ҳужумини амалга оширди. Бунинг оқибатда камида 7 киши ҳалок бўлди.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopilishi sababli Yevropa aprel oyidayoq yoqilg‘i taqchilligini his qilishi mumkin – The Guardian

Бу ҳақда Shell нефт компанияси бош директори Ваэл Саван маълум қилди, деб хабар бермоқда нашр.

Eron AQShning talablarini rad etdi

Бу ҳақда “Ҳизбуллоҳ” гуруҳига алоқадор Al Mayadeen телеканали Эроннинг сиёсат ва хавфсизлик соҳасидаги расмийсига таяниб хабар берди.

Amudaryo orqali 10 kg giyohvandlik vositasini olib o‘tgan afg‘onistonlik narkokur’er ushlandi

Ўзбекистон Республикаси Давлат хавфсизлик хизматининг Чегара қўшинлари ҳарбий хизматчилари қўшни Афғонистондан мамлакатимизга контрабанда қилинган катта миқдордаги наркотик моддаларни тўхтатиб қолишди.

Toshkent viloyatida uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Хонадонда 79 ёшли М.С. (аёл), унинг 37 ёшли невараси Д.Ю. (аёл) ва ва 17 ёшли евараси М.Ж. (ўғил) бўлган.

Eron xavfni kuchaytirmoqda: Tehron AQShga qanday talablar qo‘ymoqchi?

Reuters агентлигининг Теҳрондаги манбаларига таяниб хабар беришича, Эрон воситачилик уринишлари ва АҚШ билан мумкин бўлган алоқалар фонида музокаралар олиб бориш позициясини мустаҳкамлади.

Isroil TIVning rasmiy kanali joylagan xabar: Eron rejimi dunyodagi eng katta tahdid

Исроил Ташқи ишлар вазирлиги баёнотига кўра, Эрон режими глобал террор тармоғининг асосий ташкилотчиси ҳисобланади.

Tramp oilasining dron biznesiga sarmoyasi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda

Айрим манбаларга кўра, Дональд Трамп оиласининг Эрон атрофидаги можаролардан олдин дрон соҳасига сармоя киритгани катта муҳокамаларга сабаб бўлмоқда.

Navoiyda narkokuryer «zanjiri» fosh etildi

Навоий вилояти ИИБ ахборот хизмати гуруҳи раҳбари Фаёзжон Қосимовнинг «Xabar.uz»га маълум қилишича, наркокурьерлар бот «хизмати» орқали бир-бирини топишган. Ва бот хизмати улар учун заҳарли тармоқ вазифасини ўтаган.

"Isroil Quddusdagi masjidlarga portlash tayyorlamoqda"

Ушбу ҳаракатларнинг мақсади — дунё миқёсида муқаддас урушни бошлаш, исломнинг муқаддас масканларини бузиш

Texas shtatidagi neftni qayta ishlash zavodida portlash sodir bo‘ldi

Расмийлар нефтни қайта ишлаш заводи атрофидаги ҳаво сифатини назорат қилмоқда.

Tojikiston Markaziy Osiyoda terrorizm indeksi bo‘yicha eng xavfli davlat deb topildi

Африка ва Яқин Шарқ ҳудудлари эса ҳанузгача терроризм юқори бўлган “қайноқ нуқталар” сифатида қолмоқда.