Suriya prezidenti Bashar Asad e’lon qilinmagan tashrif bilan Moskvaga keldi va rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Putin uchrashuv chog‘ida Asadni Suriya prezidenti saylovlaridagi g‘alaba bilan tabriklagan va uning mamlakatni tiklashdagi sa’y-harakatlarini yuqori baholagan.
“Bizning birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan Suriyaning asosiy, katta hududi ozod qilindi. Terrorchilarga jiddiy talafot yetkazildi va Suriya hukumati siz boshchiligingizda o‘z hududining 90 foizini nazorat qilmoqda”, deb yuzlangan Rossiya prezidenti suriyalik hamkasbiga.
Putinning fikricha, Suriyadagi bosh muammo u yerda BMT va Suriyaning ruxsatisiz xorijiy davlatlar qurolli kuchlari qolayotgani hisoblanadi. Rossiya rahbari “Suriyada hamon terrorchilar tomonidan qarshilik ko‘rsatish o‘choqlari qolayotgani, biroq shunga qaramay ozod qilingan hududlarga qochqinlar faol qaytayotganini” qayd qilib o‘tgan.
O‘z navbatida, Bashar Asad Suriyada o‘tkazilgan siyosiy jarayonlar “3 yildan beri to‘xtab qolganini” aytgan. “Suriyada siyosiy jarayonlarni o‘tkazishga har tomonlama qarshilik qilayotgan muayyan davlatlar mavjud. Boshqa omillar ham bor, biroq biz ularni anglaymiz va dolzarb masalalarni hal qilish uchun imkoni bor ishni qilmoqdamiz”, deb aytgan Asad. U Moskvaga ko‘rsatilayotgan insonparvarlik yordami va Suriyadagi vaziyat bo‘yicha pozisiyasi uchun minnatdorlik bildirgan.
Suriyani 2000 yildan beri boshqarib kelayotgan Bashar Asad mamlakatda 26 mayda o‘tgan oxirgi prezident saylovlarida ham 95,1 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
АҚШ президенти Доналд Трамп Қўшма Штатлар армияси наркотик савдосига қарши ҳарбий кампанияни кенгайтиришини ва Лотин Америкасида қуруқликдаги нишонларга зарбалар бера бошлашини маълум қилди.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.
Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.
Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.
«Қозоғистон темир йўллари» компаниясининг маълум қилишича, заҳарланиш содир бўлган поезд хусусий ташувчига тегишли ва у суратга олиш жараёни учун киностудияга берилган.