Elektron onlayn-auksionlar tartib-taomillarining yagona tartibi joriy etiladi
✅ Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 sentyabrdan “E-auksion” elektron savdo platformasidagi elektron onlayn-auksionlar tartib-taomillarining yagona tartibi joriy etiladi.
🔰 Bunda:
➖ ishtirokchilarga, shu jumladan chet el fuqarolariga auksionda qatnashish uchun elektron raqamli imzo kaliti sertifikati masofadan turib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan bepul taqdim qilinadi;
➖ ob’ektlarni auksionga chiqarish uchun to‘lanadigan yig‘im bekor qilinadi;
➖ auksion o‘tkazish to‘g‘risidagi xabar u o‘tkaziladigan kundan 30 kun oldin e’lon qilinadi;
➖ xabar e’lon qilingan paytdan boshlab auksion jarayoni yakuniga qadar ishtirokchilarga ob’ektni sotib olish bo‘yicha auksion qadamiga bog‘lanmagan o‘z narx taklifini kiritish huquqi beriladi;
➖ sotilgan ob’ektning qiymati BHMning 5 ming baravarigacha bo‘lganda, to‘lovlarni 10 ish kuni, 5 ming baravariga teng yoki undan ortiq bo‘lganda to‘lovlarni 15 ish kuni mobaynida to‘lash imkoniyati yaratiladi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno;
➖ auksion g‘olibi to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortgan taqdirda, g‘olib hamda uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sischilari auksionlardan chetlatiladi (to‘lovlarni to‘lamaslik holati birinchi marta sodir etilganda bir yil muddatga, ikkinchi marta takrorlansa muddatsiz davrga).
➖ auksionga chiqarilgan ob’ektlarni sotishga va oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishga faqat auksionda kamida ikkita ishtirokchi qatnashganda ruxsat beriladi.
❗️Mazkur tartib elektron savdo platformasi orqali sotilishi yoki ijaraga berilishi belgilangan barcha turdagi aktivlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
