O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Italiyaning "Roma" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov 90minutuz podkasti mehmoni bo‘ldi.
- Yozda siz bilan Fransiyada Olimpiadadan oldin gaplashganimizda "Roma"dagi faoliyatingiz so‘roq ostida edi. Hozir esa "Roma"ning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi sifatida gaplashyapmiz...
- Futbol shunisi bilan qiziqda. Yozda kelajagim haqida o‘zim ham hech narsani bilmasdim. Boshqa klubga o‘tishim mumkin edi. Qishda ham murabbiylar almashinuvi bo‘lganidan keyin boshqa klubga o‘tishimga bir qadam qolgandi. Oxiri baribir "Roma"da qoldim va oy o‘yinchisi deb topildim. Barchasi yaxshi tomonga o‘zgardi. Futbolchilar faqat mashg‘ulot qilish va o‘yinni o‘ylash kerak, kelajak qanday bo‘lishi esa Allohdan.
- Murabbiyning o‘rni qanchalik? Aynan Ranyerining o‘rni?
- Albatta, murabbiyning o‘rni muhim. Chunki murabbiy futbolchi bilan ko‘proq suhbat qilsa yoki yaxshiroq bilsa, o‘yinchiga anchagina yengilroq bo‘lmoqda. Ranyeri bilan o‘tgan yil ham birga ishlaganman, shu sabab menga uni tushinish osonroq. Ranyeri hech qachon futbolchiga ortiqcha bosim qilmaydi, yurakdan futbol o‘ynanglar deydi. Taktik va texnik muammolar hammada bo‘ladi, xatto men ham xato qilaman deydi. Futbolchilardan maydonda borini berishini xohlaydi.
- Dovbik jarohat olganidan Ranyeri sizga ishondi va siz o‘z imkoniyatdan to‘laqonli foydalana oldingiz. Shu sababli hozir asosiy tarkib futbolchisiga aylanib oldingiz. Shu fikrga qanday qaraysiz?
- Ruhiy tomonlama ham o‘zimda o‘zgarish his qildim. Baribir odam 30ga yaqinlashganida aqlliroq bo‘la boshlaydi. 3 yil oldin futbol haqida, tayyorgarlik haqidagi fikrlarim boshqacha edi. Ko‘p zaxirada o‘tirsam ham ko‘p narsani o‘rganib oldim. Zaxiradan maydonga qanaqa kayfiyatda tushishim kerakligini bilib oldim. Futbolchi bilan jismoniy holatdan ko‘ra ruhiy holati muhimroq. Chunki ruhan tayyor bo‘lsangiz, jismonan tayyor bo‘lmasangiz ham o‘yinda yaxshi harakat qila olasiz.
Yozda "Roma"dan ketish ehtimolim katta bo‘lgani uchun hattoki klubdan alohida shug‘ullangan paytlarim ham bo‘ldi. Alohida shug‘ullangan mashg‘ulotlarda ketsam ham, qolsam ham vijdonim toza bo‘lishi uchun borimni berib harakat qilardim. Buni o‘sha paytdagi murabbiy De Rossi ko‘rib turardi va oxirida jamoada olib qolishga qaror qilgandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Буюк Британия ва Франция сиёсатчилари Украина ҳукумати Россияга ҳудудларни йўқотганини тан оладиган “стсенарийга очиқ”, деб ёзади Американинг The Wall Street Journal газетаси манбага таяниб.
Бу ҳақда Россия ТИВ раҳбари Сергей Лавров Ўзбекистон президенти Шавкат Мирзиёев билан учрашув якунлари бўйича брифингда маълум қилди, деб хабар беради “Lenta.ru” мухбири.
Буюк Британияда гендер ўзига хослиги бўйича қизғин баҳс-мунозаралар давом этмоқда. Яқинда суд эркак туғилган, лекин ўзини аёл деб билган шахс қонуний равишда аёл деб ҳисобланиши мумкин эмаслиги ҳақида қарор чиқарди.
Тошкент вилояти Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши бошқармаси ва вилоят ИИББ билан ҳамкорликда навбатдаги рейд тадбири ўтказилди.
Сурия муваққат президенти Аҳмад аш-Шараа Россия собиқ раҳбар Башар Асадни экстрадиция қилишдан бош тортганини айтди. 2024 йилнинг декабрида у Россиядан сиёсий бошпана олганди.
9 майдаги Ғалаба паради пайтида Москвадаги Қизил майдон Украина Қуролли Кучлари учун «қонуний нишон» ҳисобланади. Бу ҳақда Олий Раданинг собиқ депутати Игор Лапин бошқа собиқ депутат Борислав Березанинг Youtube`даги каналида айтиб ўтди.
Газетанинг бир нечта манбаларига таяниб ёзишича, 23 апрел куни Лондонда бўлиб ўтадиган музокараларда Украина ва Европа делегациялари Қўшма Штатларнинг Қримни Россияга тегишли деб тан олиш ва фронт чизиғини ҳозирги ҳолатида музлатиб қўйиш таклифи билан юзлашади.