Ektor Kuper sharmandali mag‘lubiyatdan keyin: "Iste’fo? Hozirdan-a?!"

Ektor Kuper sharmandali mag‘lubiyatdan keyin: "Iste’fo? Hozirdan-a?!"

JCH-2022 saralashi doirasida Falastin terma jamoasi mehmoni bo‘lgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2 ta to‘p farqi bilan raqibga imkoniyatni boy berdi.

Terma jamoa bosh murabbiyi birgina mag‘lubiyatdan shoshilinch xulosa chiqarish kerakmasligini aytib, keyingi raundga chiqishga imkoniyat borligini qayd etdi. 

"O‘yinchilarim namoyish etgan o‘yindan aslo ko‘nglim to‘lmadi. Birinchi golni o‘tkazib yuborgunga qadar yomon o‘ynamayotgan edik. Lekin goldan keyin nima bo‘lganini rosti tushunmadim. Biz diqqat-e’tiborni va tartibni unutdik. Himoyada qator qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydik. Vaziyatni o‘nglash maqsadida maydonga yangi kuchlarni tushirdik. Ammo yakunda bu bizga naf keltirmadi. Shuni aytishim joizki, biz endigina saralash bahslarini boshladik. Oldinda o‘yinlar hali ko‘p. Bugungi uchrashuvdan to‘g‘ri xulosa qilgan holda, kelasi o‘yinlarda g‘alaba qozonishga urinamiz. Saralashda endi bittagina o‘yin o‘tkazdik, xolos. Bitta o‘yindan keyin iste’fo haqida gapirish juda ham noo‘rin, deb hisoblayman", - dedi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper.

U Falastin terma jamoasini qo‘lga kiritilgan g‘alaba bilan tabriklab, raqib yaxshi o‘ynaganini e’tirof etdi hamda O‘zbekiston termasida keyingi bosqichga yo‘l olish uchun barchada imkoniyat mavjudligini ta’kidladi.

"Bilasizmi, birgina mag‘lubiyatdan fojea yasash to‘g‘ri emas. Hali oldinda o‘yinlar bor va faqatgina saralash bosqichi tugagandagina natijani to‘la tahlil qilsa bo‘ladi", - deya ishonch bildirmoqda Kuper.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!