ECHL. «Liverpul» "PSJ" yengdi (videosharh)

ECHL. «Liverpul» "PSJ" yengdi (videosharh)

Evropa chempionlar ligasining guruh bosqichida “Liverpul” maydonida PSJni qabul qildi va mehmonlarni mag‘lubiyatga uchratdi.

Uchrashuv boshlanishi oldidan shiddatli bo‘lishi aniq edi. Birinchi bo‘limda “mersisaydliklar” hujumlar shturmni uyushtirdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Shunday hujumlardan birini Daniel Starrij 30-daqiqa golga aylantirdi. 36-daqiqa Toma Menye jarima maydonchasi ichida qoida buzdi va hakam hech ikkilanmasdan penalti belgiladi. Bu imkoniyatni esa Milner ajoyib tarzda amalga oshirdi. 40-daqiqaga kelib “Liverpul” ham himoyadagi xatoga yo‘l qo‘ydi va bu xatodan Menye foydalana oldi.

O‘yinning 83-daqiqasida yaqin birga-bir vaziyatga chiqqan Mbappe Alisson darvozasini ishg‘ol qildi va hisobni tenglayshtirdi. Klopp ko‘zidan jarohat olgan bo‘lsada Firminoni maydonga tushurdi va aynan braziyalik futbolchi 90-daqiqada o‘yin taqdirini hal qildi.

 Liverpul – PSJ 3:2

18 sentyabrya, 22.00, «Enfild»

Gol: 1:0 – 30 Starrij, 2:0 – 36, penalti Milner, 2:1 – 40 Menye, 2:2 – 83 Mbappe, 3:2 – 90 Firmino.

Liverpul: Alisson, Gomes, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Milner, Xenderson, Veynaldum, Mane (Fabinyo, 90), Salax (Shakiri, 85), Starridj (Firmino, 72).

PSJ:Areolya, Tiago Silva, Markinyos, Bernat, Kimpembe, Di Mariya (Shupo-Moting, 80), Rabyo, Menye, Neymar, Mbappe, Kavani (Draksler, 80).

Ogohlantirishlar: van Deyk (27), Menye (45).

Manba: stadion.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!