Dzyudo. Baxtiyorov Parij «katta dubulg‘a» turnirida 3-o‘rinni oldi, Nurillayev «bronza» uchun kurashda yutqazdi

Dzyudo. Baxtiyorov Parij «katta dubulg‘a» turnirida 3-o‘rinni oldi, Nurillayev «bronza» uchun kurashda yutqazdi

Parij «katta dubulg‘a» turnirining dastlabki kungi bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

-60 kg vazn toifasida kurash olib borgan Kamoliddin Baxtiyorov Isroil, Qozog‘iston va Koreya vakillarini mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi, ammo final yo‘llanmasi uchun kurashda ozaboyjonlik Balabay Og‘ayevga yutqazdi. Hamyurtimiz bronza medali uchun o‘tgan yilgi jahon chempionati finalchisi mo‘g‘ulistonlik Ariunbold Enxtayvan bilan bellashdi va bahsni o‘z foydasida hal qildi. Shu tariqa, 2022 yil mamlakat chempionligiga erishgan yosh polvonimiz ilk bor xalqaro turnirda shohsupaga ko‘tarildi.

Shuningdek, 66 kg. vazndagi sportchimiz Sardor Nurillayev ham yomon ishtirok etmadi. U dastlab Venesuela va Germaniya sportchilarini mag‘lub etgan bo‘lsa, chorak finalda mo‘g‘ul dzyudochisi Erxembayar Battognoxga yutqazdi. Hamyurtimiz bronza medali uchun o‘tish jangida qirg‘izistonlik raqibni mag‘lub etgandi. Ammo 3-o‘rin uchun kechgan bahsda janubiy koreyalik Jaehong Anga qarshi bellashuvda "oltin ochko"da mag‘lubiyatga uchradi.

Shunday bo‘lsa ham, samarqandlik polvonimiz jahon reytingi uchun 360, Parij-2024 yo‘lida 180 ochkoga ega bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!