Durdona Qurbonova: "Nojo‘ya taklif faqatgina nojo‘ya, ko‘pchilik o‘ylaganidek yomon ma’noda emas..."

Aktrisa Durdona Qurbonova «Daryo» internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni Daryo muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.
Aktrisa Durdona Qurbonova suhbat davomida uning xarakterini bilmaydigan insonlar tomonidan bo‘lgan nojo‘ya takliflar haqida so‘zlab berdi.
- Nojo‘ya takliflar bo‘lgan. Bu asosan san’atga endi kirib kelayotgan vaqtimda ko‘p bo‘lgan. Shou-biznesga endi kirib kelayotganimda xarakterimni bilmaydiganlar har xil nojo‘ya takliflarni qilishgan.
Ko‘pchilik qizlar shou-biznesga endi kirib kelayotgan vaqtlarida «mashhur bo‘laman», deb kirib keladi. U mashhur bo‘lishi uchun kimlardir no‘jo‘ya takliflarni qiladi, qaysidir aktrisa balki bu taklifga rozi bo‘lar, ammo o‘zini hurmat qilgan inson bunaqa takliflarga rozi bo‘lmaydi. San’at mening hayotim bo‘lmagani uchun hammasiga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatganman, urishgan vaqtlarim ham bo‘lgan. Bunday takliflarni rejissyorlar, aktyorlar berishgan.
Nojo‘ya taklif faqatgina nojo‘ya, ko‘pchilik o‘ylaganidek yomon ma’noda emas, «yaxshi ko‘rib qoldim» mazmunidagi so‘zlardan ham iborat bo‘lgan. O‘zimning darajamni ushlab, yo‘limni topganimdan so‘ng, menga hech kim ortiqcha gap gapira olmaydigan bo‘lgan. Hattoki bolalar kelib, gapirishga ham qo‘rqadi, deydi aktrisa va insta-bloger Durdona Qurbonova.
Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar
-
Alisher Uzoqov xorijga ketyapti. «Kim ekan?» shou dasturi to‘xtatiladimi?
-
Qoraqalpog‘iston va Rossiya Federasiyasi xalq artisti vafot etdi
-
«Kim ekan?» loyihasining asoschisi Baxtiyor Safarov Alisher Uzoqovning o‘rniga boshqa boshlovchi oladimi?
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Bildirilgan fikrlar (28 )







































