Dunyoning eng chiroyli ayoli kimligi ma’lum bo‘ldi

Dunyoning eng chiroyli ayoli kimligi ma’lum bo‘ldi

Plastik jarroh Julian De Silva amerikalik supermodel Bella Xadidning yuzi "oltin nisbat" ga yaqinligini ko‘rsatadigan tadqiqot o‘tkazdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Jarroh oltin qismli formuladan foydalanib, bir nechta mashhurlarning yuzlari nisbatlarini hisoblab, ularning lab, burun, iyak, peshona va jag‘lari joylashishini o‘lchadi.
Hadid 94,35 foiz ideal nisbatga yaqin edi, shuning uchun jarroh uni dunyodagi eng chiroyli ayol deb atadi.

"Bella yuzning barcha elementlarini jismoniy barkamollik bilan o‘lchaganida mutlaq g‘olib bo‘lgan", dedi shifokor. "Uning eng yuqori umumiy ko‘rsatkichi 99,7 foiz bo‘lgan. Faqat 0,3 foiz mukammal holatda emas".

Ikkinchi o‘rinni qo‘shiqchi Beyonse (92,44%), uchinchi o‘rinni esa aktrisa Amber Xerd (91,85%) egalladi.

Kuchli o‘nlikka shuningdek Ariana Grande, Teylor Svift, Keyt Moss, Skarlett Yoxansson, Natali Portman, Keti Perri va Cara Deliyevene kirdi.

Plastik jarrohning ta’kidlashicha, kompyuterda taqqoslashning yangi usullari olimlarga odamni go‘zal qiladigan va bemorning operasiyalarini yaxshiroq rejalashtiradigan savolga javob berishga yordam beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!