Dunyoning 250 dan ortiq parlamentlari Makronning Xitoy va Tayvan haqidagi bayonotlarini tanqid qildi
Xitoy bo‘yicha parlamentlararo ittifoq (IPAC) Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Xitoyga tashrifidan so‘ng Yevropani Tayvan bo‘yicha AQSH-Xitoy qarama-qarshiligiga tortmaslik kerakligi haqidagi bayonotini tanqid qildi. Bu haqda IPAC bayonot berdi.
Alyans a’zolariga ko‘ra, Makronning izohlari “nafaqat Tayvanning jahon iqtisodiyotidagi hayotiy o‘rnini e’tibordan chetda qoldiradi, balki xalqaro hamjamiyatning Tayvan bo‘g‘ozida tinchlikni saqlash bo‘yicha uzoq yillik sadoqatiga putur yetkazadi”.
“Ta’kidlash joizki, prezidentning so‘zlari Yevropa va undan tashqaridagi qonun chiqaruvchi organlardagi kayfiyatdan tubdan farq qiladi”, — deyiladi bayonotda.
Shuningdek, Makronning so‘zlari Xitoyning Tayvan bo‘g‘ozida davom etayotgan harbiy mashg‘ulotlari fonida ayniqsa bevaqt ekani qayd etilgan.
MA’LUMOT. IPAC - bu 29 mamlakat qonun chiqaruvchilari va Yevropa Parlamenti guruhi bo‘lib, uning maqsadi "demokratik mamlakatlarning Xitoyga yondashish usullarini isloh qilish", shu jumladan "uning yuksalishiga izchil javob berish". Alyans tarkibiga dunyoning demokratik qonun chiqaruvchi organlaridan 250 dan ortiq deputat kiradi.
Makron Xitoyga rasmiy tashrifidan so‘ng yevropaliklar Xitoy va Tayvan o‘rtasidagi mojaroga aralashmasliklari kerakligini aytdi, shuningdek, “Evropa Ittifoqining strategik avtonomiyasi”ni mustahkamlash va “AQSh tashqi siyosati maqsadlariga rozi bo‘lish” istagini kamaytirish tarafdori.
2023 yil 10 aprelda Makron Yevropa AQSh yoki Xitoyning tashqi siyosatiga ergashmasligi kerakligini aytdi.
