Dunyoda qancha bug‘doy qolgani ma’lum bo‘ldi

Dunyoda qancha bug‘doy qolgani ma’lum bo‘ldi

BMT Xavfsizlik kengashida “Gro Intelligence” tahliliy kompaniyasi bosh direktori Sara Menker dunyoda 10 haftaga yetarli bug‘doy qolganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jahon bozoriga bug‘doyning uchdan bir qismini yetkazib beradigan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush “uzoq vaqtdan beri yonayotgan olovga faqat yog‘ qo‘shgan”. Bu orada yana bir yirik ta’minotchi Hindiston ham bug‘doy eksportini taqiqladi.

“Koronavirus pandemiyasidan ancha oldin biz duch kelgan inqiroz ta’minot zanjirlarimizning nozikligini ochib berdi. Buni hammangiz tushunishingiz uchun aytamanki, agar mojaro ertaga yakunlansa ham, bizning oziq-ovqat xavfsizligi muammomiz yaqin orada yo‘q bo‘lmaydi”,— degan u.

Asosiy ekinlar narxining oshishi joriy yilda dunyo bo‘ylab yana 400 million odamni ochlik xavf ostida qoldirdi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi tufayli qariyb 1,7 milliard odam qashshoqlik va ochlikka mahkum bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!