Dunyo bo‘ylab 300 mln bola onlayn jinsiy zo‘ravonlik va ekspluatasiya qurboni bo‘lgan – tadqiqot

Dunyo bo‘ylab 300 mln bola onlayn jinsiy zo‘ravonlik va ekspluatasiya qurboni bo‘lgan – tadqiqot

«Childlight Global Child Safety Institute» tomonidan 2024 yili e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab 300 milliondan ortiq bola onlayn jinsiy zo‘ravonlik va ekspluatasiya qurboni bo‘lgan. Bu raqam favqulodda holat darajasida bo‘lib, global xavfsizlik, raqamli texnologiyalar va bolalarni himoya qilishda jiddiy xavf mavjudligini ko‘rsatadi. Umuman olganda, 300 million bola degani – bu dunyo bo‘yicha taxminan har 3 boladan 1 nafari (0-17 yosh oralig‘ida) hayotida bir marta bo‘lsa-da, onlayn jinsiy ekspluatasiyaga yoki zo‘ravonlikka duch kelganini anglatadi. BMTning maxsus eksperti so‘zlariga ko‘ra, 2025 yilga kelib bolalarga nisbatan onlayn jinsiy zo‘ravonlik va ekspluatasiyaning yangi shakllari paydo bo‘lishi mumkin.

Bugun internetning cheksiz imkoniyatlari tufayli dunyo madaniyatlari «qorishuvi» yuzaga keldi. Natijada turli qadriyat va axloqiy me’yorlarga ega yoshlar virtual makonda bir-biriga yaqinlashdi, bu esa pedofiliya kabi jinoyatlarni targ‘ib qilish va ularga nisbatan xavfni kuchaytirish imkoniyatlarini yaratdi. G‘arbda jinsiy erkinlik va shaxsiy huquqlar ustuvor bo‘lib, ba’zi madaniyatlar bolalarga nisbatan pedofillarga qarshi choralarni zaiflashtirishi mumkin. Chunki yoshlarni jinsiy erkinlikni anglash va o‘z tanasini ifoda qilishda tarbiyalashga katta e’tibor qaratilgan. Shu bilan birga, Sharq madaniyatida bolalarni himoya qilish va axloqiy poklikni saqlashga katta ahamiyat berilgan, lekin Internet orqali noqonuniy materiallarning tarqalishi va onlayn grooming kabi tahdidlar bu qadriyatlarni sinovdan o‘tkazmoqda.

Virtual makonning keng imkoniyatlari pedofillar uchun o‘z jinoyatlarini yashirin amalga oshirish, yoshlar ishonchini qozonib, ularni manipulyasiya qilishning yangi, xavfli usullarini yaratib bermoqda.

Dastlab odamlar o‘rtasida muloqot qilish, axborot almashish va o‘zini namoyon etish uchun yaratilgan «Instagram», «TikTok», «VKontakte», «Snapchat» kabi ijtimoiy tarmoqlar bugun ayrim jinoyatchilar qo‘lida bolalar va o‘smirlarga nisbatan suiiste’mol qilish vositasiga aylanmoqda. Ular soxta akkauntlar orqali bolalar bilan aloqa o‘rnatib, keyinchalik ularni psixologik ta’sirga olish, intim materiallarni undirish yoki shaxsiy uchrashuvlarga jalb qilish kabi xavfli harakatlarni amalga oshirishga urinadi. Bu esa virtual muhitdagi tahdidlarning jiddiyligini va yoshlarni himoya qilish bo‘yicha aniq, tizimli choralar ko‘rish zarurligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Bundan tashqari, «Telegram», «WhatsApp» kabi messenjerlardagi yopiq guruhlar ko‘pincha bolalar ekspluatasiyasi bilan bog‘liq ma’lum kontentni tarqatish uchun foydalaniladi. Ijtimoiy platformalardagi ma’lumotlar oqimining ko‘pligi sabab ko‘pincha qoidabuzilishlar o‘z vaqtida aniqlanmay qoladi. Bu esa jinoyatchilar uchun ancha qo‘l keladi.

Internetdagi yana bir xavfli maydon – bu darknet. «Tor» brauzeri orqali foydalaniladigan ushbu platformalar noqonuniy kontent, jumladan, pedofiliya bilan bog‘liq materiallarni tarqatish uchun ishlatiladi. Jinoyatchilar VPN va shifrlash texnologiyalari orqali o‘z faoliyati va joylashuvini yashirib, huquq-tartibot organlarining ishini qiyinlashtiradi.

Yuqorida keltirilgan fikrlarning dalili sifatida 2021 yili Germaniyada 400 mingdan ortiq foydalanuvchi bo‘lgan yirik pedofil tarmog‘i – «Boystown» fosh etildi. Bu tarmoq orqali minglab bolalar ustidan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgan va ular tomonidan ishlatilgan pornografik materiallar doimiy ravishda tarqatilgan. Bu holat darknet (yashirin tizim) tarmoqlarining bolalarga nisbatan jinsiy ekspluatasiyani kuchaytirishda qanday rol o‘ynashini ko‘rsatadi. «Interpol» va «WeProtect Global Alliance» ma’lumotlariga ko‘ra, internetda bolalarga nisbatan jinsiy ekspluatasiya va zo‘ravonlik holatlari global miqyosda tobora kengayib bormoqda. 2022 yili AQShda Yo‘qolgan va ekspluatasiya qilingan bolalar milliy markazi (NCMEC) 32 milliondan ortiq shubhali materiallar haqida xabar qayd etgan, bu esa 2021 yilga nisbatan 20 foizga ko‘pdir. Yevropada, ayniqsa, Niderlandiya, Slovakiya kabi davlatlar bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik materiallarini joylashtirishda markaziy rol o‘ynamoqda. UNICEFning global hisobotiga ko‘ra, har yili taxminan 2 million bola tijoriy jinsiy ekspluatasiya qurboniga aylanishi mumkin, bu jarayonning muhim qismi internet orqali amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda bu global muammoga jiddiy e’tibor qaratilmayotgani 2023 yili yuz bergan «Xorazm ishi» misolida ko‘rishimiz mumkin. Xorazm viloyatidagi mansabdor shaxslarning bolalarga nisbatan jinoyatlari keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘ldi. Bu holat bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni jiddiy muammo sifatida tan olishning zarurligini yana bir bor ko‘rsatdi. Ko‘pchilik, jumladan, blogerlar va faollar, qonunchilikni kuchaytirish va pedofillarga kimyoviy kastrasiya kabi qat’iy jazolarni joriy etishni talab qilishdi. O‘zbekistonda internetdagi bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik materiallarining tarqalishi hali to‘liq nazorat qilinmayapti, bu esa vaziyatni yanada keskinlashtirishi mumkin.

Har lahzada dunyo bo‘ylab millionlab bolalar, jumladan, O‘zbekistondagi bolalar ham internetda – chatlar, o‘yinlar va ijtimoiy tarmoqlarda faol ishtirok etmoqda. Ulardan biri aynan shu paytda noma’lum shaxsdan do‘stona, ammo yashirin niyatlar bilan yozilgan xabarni qabul qilayotgan bo‘lishi mumkin. Bu holat ota-onalar, o‘qituvchilar va jamiyat uchun jiddiy xavotir uyg‘otadi. Bolalar kim bilan muloqot qilayotganini nazorat qilish imkoni yo‘qligi hamda tahdidni darhol anglab yeta olmaslik internetni haqiqiy xatar makoniga aylantiradi. Har bir layk, izoh yoki do‘stlik taklifi ortida yashirin xavf bo‘lishi mumkin. Bu esa bolalarni himoya qilish uchun tayyorgarlik darajasini yanada kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi.

Pedofiliya va bolalarga qarshi jinoyatlarga qarshi samarali kurash olib borish uchun qonunchilik, texnologiya va ta’lim sohalarida kompleks yondashuv zarur. Bugungi kunda ko‘plab davlatlar raqamli muhitdagi bunday jinoyatlarga qarshi qat’iy choralar ko‘rmoqda. Masalan, Buyuk Britaniyada qabul qilingan «Online Safety Act» (2023) orqali internet-kompaniyalar bolalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha huquqiy javobgarlikka tortiladi. Unga ko‘ra, agar platforma bolalarga zarar yetkazuvchi kontentni o‘z vaqtida o‘chirmasa, yirik jarimalarga tortilishi mumkin. Facebook va Google kabi yirik kompaniyalar shubhali kontent va xatti-harakatlarni aniqlash uchun sun’iy intellektga asoslangan algoritmlardan foydalanmoqda. Bu tizimlar shubhali so‘zlar, rasmlar va faollikni tahlil qilish imkonini beradi. Ammo jinoyatchilar ham bu texnologiyalarga moslashib, shifrlash va boshqa yashirin usullardan foydalanish orqali huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishini qiyinlashtirmoqda. Shu bois, bu sohadagi algoritm va dasturlar doimiy ravishda takomillashtirilishi lozim.

Texnologik chora-tadbirlar qanchalik muhim bo‘lmasin, ularning ta’sirini kuchaytirish uchun ta’lim sohasida ham tizimli ishlar olib borilishi kerak. Bolalar va ularning ota-onalarini internetdagi xavflardan ogoh qilish, ularga to‘g‘ri raqamli xatti-harakatni o‘rgatish orqali profilaktika qilish mumkin. Bu maqsadda maktablarda raqamli savodxonlik darslarini joriy etish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali axborot kampaniyalarini tashkil qilish, shuningdek, ota-onalarga bolalar faoliyatini nazorat qilish vositalari haqida ta’lim berish, ayniqsa, muhim.

Qisqacha aytganda, internet va ijtimoiy tarmoqlarda bolalar xavfsizligi – kechiktirib bo‘lmaydigan, dolzarb muammodir. Texnologiyalar hayotimizni yengillashtirayotgani singari, ular yangi xatarlarga ham yo‘l ochmoqda. Bu muammoni bartaraf etish uchun davlatlar, IT-kompaniyalar va jamiyat vakillari hamkorlikda harakat qilishi shart. Internet erkinligini saqlagan holda, eng zaif guruh – bolalarni himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirish zarur. Ushbu tahdidlarga qarshi samarali kurash faqat innovasiyalar, qonunlar va jamoaviy ongni uyg‘unlashtirish orqali amalga oshishi mumkin. Faqat shundagina raqamli muhitni barcha uchun xavfsiz makonga aylantirish mumkin.

Nazim BO‘RONOV,
mustaqil tadqiqotchi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

Tojikiston O‘zbekistondan elektr energiya olishni boshladi

Тожикистон ташқи бозорларга фақат мамлакатнинг жануби-ғарбий қисмида Ўзбекистон энергия тизими (500 кВт «Регар-Ғузор» электр узатиш линияси) орқали чиқади.

«Istanbul Bashakshehir» bosh murabbiyi Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi

«Истанбул Башакшеҳир» жамоаси бош мураббийи Нури Шахин Ўзбекистон миллий терма жамоаси сардори Элдор Шомуродов ҳақида фикр билдирди, дея хабар қилади Sports.kz Milliy Futbolimiz манбасига таяниб.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.