Dunyo aholisining yarmi yetarli darajada sanitariya sharoitidan foydalanish imkoniyatiga ega emas

Dunyo aholisining yarmi yetarli darajada sanitariya sharoitidan foydalanish imkoniyatiga ega emas

Er yuzi bo‘ylab taxminan 4,2 milliard odam yetarli darajada sanitariya sharoitidan foydalana olmaydi.

“Bu sog‘liq, inson qadr-qimmati hamda insoniyatning iqtisodiy rivojlanishiga putur yetkazadi”, demoqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish.

"Dunyo bo‘ylab taxminan 4,2 milliard odam yetarli darajada sanitariya sharoitidan mahrum bo‘lib yashaydi. Shulardan ikki milliardi (dunyo aholisining to‘rtdan biridan ko‘prog‘i) esa oddiy sanitariya sharoitlaridan ham mosuvodir", dedi u.

BMT Bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, pandemiya yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish uchun sanitariya va xavfsiz suv ta’minoti qanchalik muhimligini yana bir bor namoyish etgan qattiq eslatma bo‘lgan.

Uning ta’kidlashicha, gigiyenik, xavfsiz va barqaror sanitariya sharoitlaridan foydalanish sog‘liqni saqlashning yagona usulidir.

Bosh kotibning qayd etishicha, butun dunyo aholisini suv va yetarli darajada sanitariya sharoitlari bilan ta’minlash global yalpi ichki mahsulotning 1,5 foizini tashkil qiladi, ammo har bir investisiya qilingan bir dollar uchun to‘rt dollar daromad bilan katta iqtisodiy foyda keltiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!