Dubay va Sharjadan O‘zbekistonga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Dubay va Sharjadan O‘zbekistonga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Joriy yilning 4-5 mart kunlari Dubay shahrida (BAA) ikki tomonlama hamkorlikni va davlatlar o‘rtasida havo qatnovlarini yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi va BAA aviasiya ma’muriyati o‘rtasida maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Transport vazirligiga ko‘ra, muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi shartnomaviy yo‘nalishlarda parvozlarni amalga oshirish uchun aviakorxonalarni tayinlash, mazkur yo‘nalishlarda parvozlar chastotasi miqdorini belgilash, yangi yo‘nalishlarni ochish va Qarshi, Termiz, Nukus va Buxoro aeroportlarida joriy etilgan “Ochiq osmon” rejimidan foydalanish masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston Respublikasi va BAA shaharlari o‘rtasida havo qatnovlarini rivojlantirish maqsadida tomonlar Amirliklarning aviakompaniyalari Abu-Dabi, Dubay, Sharja shaharlaridan O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz, Urganch, Nukus shaharlariga parvozlarni amalga oshirishi bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Muzokaralar yakunida ikkala tomon ham davlatlar o‘rtasidagi havo qatnovlarini yanada kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi va tegishli bayonnomani imzoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!