Dolzarb masala: O‘zbekiston rozi, Tojikiston esa qarshi

Dolzarb masala: O‘zbekiston rozi, Tojikiston esa qarshi

Evropa diplomatiyasi rahbari Afg‘onistondagi tolibon hukumatini (ular terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida) tan olish bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlarining pozisiyasi haqida gapirdi.

“Markaziy Osiyo mamlakatlari Afg‘onistonning yangi siyosiy rahbariyatini tan olish bo‘yicha turli pozisiyalarga ega, masalan, O‘zbekiston tolibon hukumatini tan olishni so‘ramoqda, Tojikiston esa qarshi, inklyuziv hukumat yaratishni talab qilmoqda”, dedi Borrel.

Uning ta’kidlashicha, Tojikiston Tolibon hukumatini tan olmagan bo‘lsa-da, mamlakat aholisi qishdan omon qolishlari uchun bir necha oy davomida Afg‘onistonga elektr energiyasini deyarli tekin yetkazib bermoqda.

Evropa Ittifoqi pozisiyasiga kelsak, Borrelning so‘zlariga ko‘ra, agar tolibon inson huquqlarini hurmat qilsa va xalqaro terrorizm boshpanasi bo‘lishdan to‘xtasa, Bryussel ularga nisbatan yondashuvini “sozlab beradi”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!