Dollar va rubl ko‘tarildi — 20 sentyabrda amalda bo‘ladigan valyutalar kursi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 20 sentyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 7,65 so‘mga qimmatlashdi va 12 168,04 so‘mni tashkil qildi. Yevro ham 27,64 so‘mga oshdi va 13 006,42 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl esa 0,22 so‘mga qimmatlashdi, 126,47 so‘mni tashkil qildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)