Dog‘istonda Rubas qishlog‘i rahbari otib o‘ldirildi

A A A
Dog‘istonda Rubas qishlog‘i rahbari otib o‘ldirildi

Dog‘istonning Derbent viloyatidagi Rubas qishlog‘i rahbari halok bo‘ldi. Bu haqda TASS agentligiga Derbent viloyati ma’muriyati rahbari matbuot kotibi Oydin Mammadov ma’lum qildi.

“Rubas qishlog‘i boshlig‘ining ko‘krak qafasidagi o‘qdan jarohat olgani tufayli vafot etganini tez yordam brigadasi tasdiqladi”, — dedi manba.

Rossiya Federasiyasi Tergov qo‘mitasining Dog‘iston bo‘yicha tergov boshqarmasi matbuot xizmati jurnalistlarga ma’lum qilishicha, tergovchilar sud-tibbiyot ekspertlari va boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari bilan birgalikda voqea joyiga jo‘nab ketishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!