Dmitriy Peskov Rossiya rasmiylarini Ukrainadagi urush uzoq davom etishi haqida ogohlantirgan

Dmitriy Peskov Rossiya rasmiylarini Ukrainadagi urush uzoq davom etishi haqida ogohlantirgan

Dmitriy Peskov Rossiya rasmiylarini Ukrainadagi urush uzoq davom etishi haqida ogohlantirgan

The Guardian nashrining manbalarga tayanib yozishicha, Vladimir Putinning matbuot kotibi 2022 yil dekabri oxirida rossiyalik yuqori martabali amaldorning kvartirasida bo‘lib o‘tgan kechki ovqatda shunday ogohlantirish bilan chiqqan.

Nashr suhbatdoshlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, qadah ko‘tarib nutq so‘zlar ekan: "Mendan nimadir deyishimni kutayotgandirsiz. Barchasi ancha qiyinlashadi. Bu juda va juda uzoq vaqt davom etadi", — deya ta’kidlagan Peskov. Boshqa mehmonlar esa o‘zlarining qadah so‘zlarida tinchlik va normal hayotga qaytishga umid qilishlarini bildirishgan.

Gazetaning yozishicha, Peskovning so‘zlari shaxsiy suhbatlarda urushga qarshi chiqqan mehmonlarning kayfiyatini buzgan. "Uning nutqini tinglash yoqimsiz edi. U urush hali uzoq vaqt davom etishi va biz bunga tayyor bo‘lishimiz kerakligi haqida ogohlantirgani aniq edi", — deydi The Guardian suhbatdoshi.

Peskov Buyuk Britaniya gazetasining nashr etgan ushbu ma’lumotiga hozircha izoh bermadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!