“Dizayn” jamoasi lisenziyasini qaytarib oldi

A A A
“Dizayn” jamoasi lisenziyasini qaytarib oldi

Maqolada jurnalist Xurshid Serobov "Dizayn" jamoasi lisenziyasining qaytarilishi bilan birga lisenziya masalasiga munosabatini bildiradi. Muallif respublika miqyosidagi san’atkorlar bilan mahalliy san’atkorlarga birday soliq solinayotgani xususida ham to‘xtalib o‘tadi.


Lisenziyasidan mahrum qilingan “Dizayn” qiziqchilar jamoasining 4-11 dekabr kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida konsert berayotgani haqida afishalar paydo bo‘ldi. Shu yilning 12 avgust kuni “O‘zbekkonsert” davlat birlashmasi “Dizayn” qiziqchilar jamoasini lisenziyadan mahrum qilganini bildirgan edi.

Rasmiy bildirishda lisenziyadan mahrum qilishga asos sifatida “ma’naviy qadriyatlarimizga mutlaqo yot bo‘lgan nomunosib harakatlar orqali qiziqchilik san’atini beobro‘ etib, san’atkor odobiga rioya etmaganligi” keltirilgan. Lisenziya bekor qilinishidan avval jamoa a’zolari Dilshodbek Musabekov hamda Sa’dulla Fathullayev tor doirada qilgan qo‘pol hazillar yozilgan audioyozuv ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan va e’tirozlarga sabab bo‘lgan edi.

“Ma’naviy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan nomunosib harakatlar”ni amalga oshirib qiziqchilik san’atini beobro‘ qilib yurgan san’atkorlarning 3 oy ichida “odobli va ma’naviy qadriyatlarimizga to‘liq munosib san’atkor”ga aylanishi shubha uyg‘otadi.

“Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to‘g‘risida”gi qonunda bekor qilish shartlari keltirib o‘tilgan.

Qonunda lisenziyani bekor qilish uchun “ma’naviy qadriyatlarimizga yot xatti-harakat qilish” degan band yo‘q. Lekin “lisenziyani bekor qilish ushbu moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda sud qaroriga, boshqa hollarda esa lisenziyalovchi organning qaroriga binoan amalga oshiriladi” deyilgan. Aynan "boshqa hollarda” deb ketilgan izoh “O‘zbekkonsert”ga san’atkorlar ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish huquqini beradi. Chunki qonunning aynan shu qismi "O‘zbekkonsert"ga o‘zi xohlagan sabab bilan xohlagan san’atkorning lisenziyasini olib qo‘yish imkoniyatini taqdim etmoqda. San’atkorning istalgan tadbirga (gonorar yoki maoshsiz) yuborilishi ham u “boshqa hollarda" degan sabab bilan lisenziyasidan ayrilishni xohlamasligi bilan izohlanadi.

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasining 2018 yilning 9 oyi davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisobotida qayd etilishicha, “2018 yilning 9 oyida jami berilgan va uzaytirilgan lisenziyalar soni jismoniy shaxslar bo‘yicha 2693 donani, o‘tgan yil shu davrda jami 1826 ta ijodiy jamoa–yuridik shaxslar bo‘yicha 28 donani tashkil etdi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi va uning tashqarisida konsert-tomosha yo‘nalishi bo‘yicha – 1509 dona lisenziya berilgan, 1184 dona uzaytirilgan.

Toshkent shahri bo‘yicha 2018 yilning 9 oyida birinchi marotaba 373 dona lisenziya rasmiylashtirilgan, 485 dona uzaytirilgan, jami 858 dona bo‘lib, 2017 yilning 9 oyida bu ko‘rsatkich (788 dona)ni tashkil etadi.

Toshkent shahar bo‘limida tushumlar pasayib ketgan. Reyd davomida 144 joy tekshirilgan bo‘lib, 489 nafar san’atkor ogohlantirilgan, shundan 254 tasi lisenziya olgan” (hisobotdan aynan olindi – X.S.).

Hisobotda lisenziyasi olib qo‘yilgan san’atkorlar aytib o‘tilmagan.

“Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to‘g‘risida”gi qonunda “lisenziyalovchi organlar o‘zlari lisenziyalashni amalga oshirayotgan faoliyatning har bir turi uchun alohida lisenziyalar reestrlarini yuritishi” qayd etilgan. Bunga ko‘ra “lisenziyalar reestrlarida lisenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish va qayta tiklash asoslari hamda sanalari” ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. “Dizayn” jamoasining lisenziyasi qaytarilgani xususida esa hech bir manbada xabar berilmagan.

Turon24 muxbiri holatga aniqlik kiritish maqsadida “O‘zbekkonsert” davlat birlashmasi matbuot xizmati bilan bog‘langanda “O‘zbekkonsert” xodimlari ma’lumot berishni boshqa mas’ullarga yukladi. “Mana bu raqamga qo‘ng‘iroq qiling, savolingizga javob topasiz” deya turli telefon raqamlarini berishdi. Berilgan raqamlarni esa yo hech kim ko‘tarmadi, yo ular umuman mavjud emas.

So‘ngra ushbu holat yuzasidan “Dizayn” jamoasi administratori bilan bog‘landik. “Dizayn” jamoasi adminstratori “lisenziya ancha vaqt oldin tiklanganini, lekin sanasi yodida yo‘qligini” aytdi. Lisenziya tiklanishining sababini “jamoaning davlat tadbirlarida ishtirok etgani” bilan izohladi.

Qonunda esa lisenziya berish talablarida “O‘zbekkonsert”ning tadbirlarida qatnashish talablari mavjud emas. Bundan "O‘zbekkonsert" aynan yuqoridagi qonundagi noaniqlik sabab lisenziyani berish-bermaslikni san’atkorning tadbirlarda qatnashish-qatnashmasligi va tashqilot bilan munosabatlari yaxshi-yomonligi asosida belgilayapti degan gumon paydo bo‘ladi. Lisenziyasidan mahrum bo‘lish xavotirida qolgan san’atkorlarni tadbirlarga jalb etish amaliyoti esa majburiy mehnat sifatida baholanishi ehtimoli yuqori. Majburiy mehnatning istalgan ko‘rinishi esa O‘zbekistonda taqiqlangan.

Ismini ochiqlashni xohlamagan estrada xonandalarining aytishicha, xalqqa yaxshi tanilib qolgan san’atkorlar “O‘zbekkonsert” tomonidan tez-tez to‘y-hashamlarga, maishiy tadbirlarga yuboriladi. Lisenziyani saqlab qolish xavotirida bo‘lgan san’atkorlar esa o‘zlari xohlamagan tarzda bu to‘y-hashamlarga, tug‘ilgan kun tadbirlariga borishga majbur bo‘ladi.

Shuningdek, xonanda Shahlo Ahmedovaning lisenziyasi bekor qilingani haqida rasmiy bildirish e’lon qilindi. Rasmiy bildirishda aytilishicha, "O‘zbekkonsert" badiiy kengash tomonidan bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, “xonanda Ahmedova Shahlo Baxtiyor qizining “Letniye dojdi” deb nomlangan qo‘shig‘iga ishlangan videoklip ijtimoiy tarmoqlar orqali namoyish etilayotganligi aniqlangan”.

Xonandaning ijtimoiy tarmoqda videoklipni aylantirayotgani oqibatida “O‘zbekkonsert” ushbu chorani qo‘llagan. “Xonanda Shahlo Ahmedovaning “Letniye dojdi” deb nomlangan videoklipida milliy ma’naviyatimizga yot bo‘lgan, tomoshabinlarning e’tiborini jalb etish uchun xalqimiz mentalitetiga zid, sharqona odob-axloq me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlardan ham tap tortmay, yigit va qizning ishqiy kechinmalarini ochiq-oshkora ifoda etib, buni andishasizlarcha tasvirga olib keng ommaga namoyish etgan” deyiladi rasmiy bildirishda.

Xonandalarning ijtimoiy tarmoqdagi faoliyati bilan bog‘liq band ham qonun matnida aks ettirilmagan.

Lisenziya “san’atkorni nazoratda tutib turish quroli” bo‘lmasligi kerak, nazorat tor doira va shaxsiy manfaatlar chegarasida qolsa, san’atkor majburiy mehnat qurboni bo‘lib qolishi mumkin.

26 oktyabr kuni Buxoro viloyati Romitan tumanidagi bir guruh san’atkorlar “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi hamda tuman davlat soliq inspeksiyasiga videomurojaat bilan chiqishgan edi. Murojaatda ijodiy guruhdagi har bir xonanda va sozandalar alohida-alohida lisenziya olishga majburlanayotgani, ammo Toshkentdagi san’atkorlarning topish-tutishi viloyatdagilarnikidan keskin farq qilishi, shunga qaramay respublika miqyosidagi san’atkorlar bilan mahalliy san’atkorlarga birday soliq solinayotgani haqida so‘z boradi.

“Biz san’atkorlar xalqimizning yaxshi kunida xizmat qilib kelmoqdamiz. Lekin “O‘zbeknavo” (hozir bu tashkilot “O‘zbekkonsert” deb ataladi) hamda tuman davlat soliq inspeksiyasi tomonidan qilinayotgan harakatlar bizni qiyin ahvolga solib qo‘ymoqda. Tumanimiz san’atkorlari bugun bu borada o‘z e’tirozlarini bildirishmoqchi”, – deb boshlangan videomurojaat.

Ushbu holatga “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi Buxoro viloyati bo‘limi rahbari Dilmurod Xo‘jayev: “Romitanliklarning bunday talab bilan chiqishi to‘g‘ri. Boisi Romitan tumanida har bir guruh bitta xizmat uchun 400 ming so‘mdan 800 ming so‘mgacha haq oladi. Guruhda esa kamida 4 tadan vakil bo‘lib ularning har biri bugunga kelib alohida soliq to‘lashiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa ayni paytdagi daromadga qaralsa, imkoni yo‘q narsadir”, – deb izoh bergan.

Soliqqa tortishda yuzaga keladigan muammo to‘ylarga baland narxda boradigan san’atkorlar bilan arzon stavkada yuradigan viloyatdagi san’atkorlar o‘rtasidagi notenglik bilan bog‘liq. Ushbu holatlar uchun yangi tizim yaratishga ehtiyoj bor.

“Dizayn” jamoasiga lisenziya qaytarilishiga sabab sifatida aytilgan “davlat tadbirlarida ishtirok etish” qanchalik rostligini aniqlay olmadik. Ehtimol, bu tadbir tor doiradagi “tadbir” bo‘lishi ham mumkin.

Lisenziya berish tartibi va “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to‘g‘risida”gi qonunni isloh qilish vaqti allaqachon yetib kelgan.

Lisenziya tizimini batamom tugatib, san’atkorlarning daromadlarini soliqqa tortish tizimini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Chunki o‘rtacha 2-3 ming dollarga to‘yga boradigan, topish-tutishi yaxshi san’atkor ham lisenziya uchun yiliga 4 million so‘m to‘lasa, bir to‘yga 200-300 ming so‘mga boradigan san’atkor ham shu pulni to‘laydi. Bu esa ushbu tizimning o‘ziga xos adolatsizligini namoyon qiladi. Daromadlardan soliqqa tortish esa biryo‘la ikki-uch muammoni hal etishi mumkin. Ko‘p topgan ko‘p to‘lasin, kam topgan kam.

Ammo soliqqa tortish mobaynida ham muammolar kelib chiqishi aniq. Shunda to‘y egasi va xonanda o‘rtasidagi kelishuv narxi kamroq soliq to‘lash uchun kamaytirilishi mumkin. Shuning uchun xam qonun loyihalari ustida ishlovchi mutasaddilar soliqchilar bilan hamkorlikda taklif etilayotgan yangi tizim ustida bosh qotirishlarining vaqti keldi. Ko‘chada, sovuqda pista sotayotgan xolalarni ham soliqqa tortayotgan bir paytimizda har to‘ydan 2-3 ming AQSh dollari miqdorida gonorar olayotgan san’atkorlarimizning lisenziya to‘lovi bilan qutulib qolishi adolatdan emas.

Ushbu maqola hurmatli san’atkorlarimizga yoqmasligini bilib turgan holda aytish mumkinki, soliqqa tortganga yarasha san’atkorlarga ham qo‘shimcha imkoniyatlar yaratib berish zarur bo‘ladi. Eng kamida internet “monetizasiya” tizimiga a’zo bo‘lgan holda san’atkorlarimiz faqat to‘ydan tushadigan daromadlarga bog‘lanib qolmay, boshqa platformalarda ham foyda ko‘rishlariga sharoit yaratib berish lozim.

Xurshid Serobov

Ushbu ruknda berilayotgan maqolalar sayt qarashini ifodalamasligi mumkin.

Manba: turon24


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Toshkentda andijonlik "dostavkachi" yigitni zo‘rlagan 2 nafar ayol qamaldi

31 ёшли С.А. пиццани олиб қўлига доставкачига пул тутқақазади ва уйга таклиф қилади.

Ayollarning pensiya yoshi yana 6 oyga oshirildi

Низом 1 июлдан кучга кирди

Qirg‘izistonda favqulodda holat e’lon qilindi

Офат оқибатларини бартараф этишга жами 76 киши ва 12 техника жалб этилган.

"Manchester Siti" rahbariyati: Bu ikki himoyachi klubda qoladi

"Манчестер Сити" раҳбарияти жамоада икки ҳимоячини олиб қолиш ниятида.

Eldor Shomurodovning yangi jamoasi ma’lum. U Italiyadan ketmoqda

"Рома" ҳужумчиси Элдор Шомуродов Италиянинг "Кремонезе" клубига ўтиши ҳақида хабар тарқалганди.

Jahongir Ortiqxo‘jayev Antalyada 550 mln dollarlik loyiha boshlagani ma’lum qilinmoqda

Ўзбек тадбиркори Жаҳонгир Ортиқхўжаев Туркияда 550 млн долларлик йирик инвестиция лойиҳасини амалга оширмоқда. Бу лойиҳа икки давлат ўртасидаги иқтисодий ва маданий алоқаларни янада мустаҳкамлашга хизмат қилмоқда. Ортиқхўжаевнинг фикрича, Ўзбекистон ва Туркия тадбиркорлари ўртасида ишонч ва дўстлик алоқалари юқори.

Eron zarbalarini qaytarishda Isroilga yordam bergan Iordaniyada aroqdan zaharlanib 9 kishi o‘ldi

Бу ҳақда Жамоат хавфсизлиги бошқармаси маълум қилди.

Lamin Yamal: "Butun dunyo tayyorlansin"

«Барселона» ҳужумчиси Ламин Ямал футболдаги келажаги ҳақида гапирди. Испаниялик футболчи 5 йил ичида бутун дунёни тайёрланишга чақирди.

Rossiyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Бу ҳақда 2 июль куни "Россия Фанлар академиясининг ягона геофизика хизмати" Федерал тадқиқот марказининг Камчатка бўлими "Телеграм"даги каналида маълум қилди.

Milliy terma jamoamiz darvozaboni O‘tkir Yusupovning Eron klubidagi kelajagi nima bo‘ladi?

Бу ҳақда Uzbekistan Legionaries хабар берди.

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

O‘zbekistonlik yana bir futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin

Бу ҳақда Отабек Умаров айтиб ўтди.

Srechko Katanes: "Jahon chempionatida terma jamoadan hech nima kutmanglar"

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.

Abduqodir Husanov «Barsa»ga o‘tishi mumkin — Deku uni «kelajak himoyachisi» deb biladi

Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.

O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.

Kecha O‘zbekistonda eng issiq harorat rekordi yangilandi!

Бу хақда Ўзгидромет хабар бермоқда.

Ukrainalik harbiy asirlarni olib ketayotgan Il-76 samolyotini urib tushirish buyrug‘ini kim bergani aniq bo‘ldi

60 дан ортиқ украиналик асир бўлган самолёт 2024 йил 24 январда “Patriot” комплексининг MIM-104A ракетаси билан уриб туширилганди.

BRIKS davlatlari rahbarlari Trampga qarshi yurish qilmoqchi

Бу ҳақда Bloomberg агентлиги манбаларга таяниб хабар берди.

Moskvada Transneft top-menejeri Andrey Badalov o‘lik holda topildi

Давлат нефть корпорацияси Бадаловнинг “тўсатдан ўлими”га бағишланган пресс-релизда унинг раҳбарлигида “қисқа вақт ичида кенг кўламли илм-фанни талаб қилувчи лойиҳалар амалга оширилганини” таъкидлади

"Arsenal"ning sobiq futbolchisi beshta zo‘rlashda ayblanmoqda

Бу ҳақда ВВС Лондон полициясига таяниб хабар берди.

Dron hujumlari tufayli Pulkovo va Sheremetevo aeroportlarida 200 dan ortiq reys kechiktirildi

Пулково аэропортида эса 100 дан ортиқ рейс кечиктирилган ва 30 дан ортиқ рейс бекор қилинган. Бунинг оқибатида аэропортларда йўловчилар тўпланиб қолган.

Toshkent viloyatida 7 yoshli bola o‘gay otasi va onasi tomonidan kaltaklandi

Ҳолат юзасидан боланинг онаси маъмурий жавобгарликка тортилган.

Agrobank Andijon filialida yirik kredit talon-tarojligi fosh etildi — sobiq rahbar 8,5 yilga qamaldi

Қизиғи шундаки, ушбу филиал раҳбари 2024 йилнинг ўзида 3 марта, 2025 йилда эса 1 марта жиноий жавобгарликка тортилган.

Rimdagi portlashda jarohatlanganlar soni 45 kishiga yetdi (video)

Бу ҳақда Rainews24 телеканали хабар берди.

Janubiy Koreyada jazirama oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Ҳукумат статистика юрита бошлаган 15 июндан буён иссиқ уришдан азият чекканлар сони 633 нафарга етди.

Isroil askarlari El-Xalilda halok bo‘lgan falastinlik bilan vidolashuv marosimini to‘xtatib qo‘ydi

Исроил армияси Ғарб соҳилидаги Эль-Халил шаҳрида жойлашган хонадонга рейд уюштириб, ҳалок бўлган фаластинлик билан видолашув маросимига халал берди. Марҳум аввалроқ Исроил қамоқхонасидан озод этилган ва кейинроқ Ғаза секторидаги Исроил бомбардимони оқибатида ҳалок бўлган эди.

Toshkent viloyatida xotinini kaltaklab o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi

Тошкент вилоятининг Оққурғон туманида турмуш ўртоғининг ўлимига сабаб бўлган эркак суд ҳукми билан узоқ муддатга қамалди.

Shavkat Mirziyoyev Isroil — Falastin ziddiyati haqida gapirdi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 4 июль куни Хонкенди шаҳрида Иқтисодий ҳамкорлик ташкилотининг 17-саммитида иштирок этди.

Surxondaryoda keksa ayol o‘z uyida o‘ldirib ketildi

Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 97-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, уни фош этиш чоралари кўрилмоқда.

Chexiyada o‘q-dorilar saqlanadigan joy issiqdan portlab ketdi

Ёнғинни ўчириш учун самолётлардан фойдаланган ҳолда 12 та ўт ўчириш бўлими сафарбар этилган.

Rossiya harbiy-dengiz floti bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Kurskda halok bo‘ldi

Вазирликка алоқадор “Звезда” телеканалида берилган хабарда айтилишича, Гудков 2 июл куни Курск областининг чегара ҳудудларидан бирида жанговар вазифаларни бажариш чоғида ҳалок бўлган.

Ikki o‘zbekistonlik AQShga noqonuniy muhojirlarni olib kirishda ayblanyapti

Икки Ўзбекистон фуқароси молиявий даромад олиш мақсадида АҚШга ноқонуний муҳожирларни олиб киришда айбланмоқда.

BMT maxsus ma’ruzachici: Isroil zamonaviy tarixdagi eng shafqatsiz genosidlardan birining mas’ulidir

Бу ҳақда БМТнинг оккупация қилинган фаластин ҳудудларида инсон ҳуқуқлари ҳолати бўйича махсус маърузачиcи Франческа Альбанезе билдирди.

Moskva markazida ichida FSB xodimlari bo‘lgan mashina portlab ketdi

Маълумотларга кўра, аёл фавқулодда хизмат ходимлари етиб келгунга қадар олов эгаллаб олган машина ичида отасини чиқариб олишга муваффақ бўлган.

"Qamchiq" dovonida yuk mashinasi yong‘in chiqdi

Ҳозирда ёнғин сабаби ва моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Yaponiyada bir yarim hafta ichida deyarli 900 ta zilzila sodir bo‘ldi

Ҳудуд қарийб икки ҳафтадан бери кучли силкинишлардан азият чекмоқда.

Inson huquqlari himoyachilari yana bong urdi

Исроил Ғазо сектори аҳолиси, хусусан, болаларни атайин оч қолдирмоқда, яъни очликдан қурол сифатида фойдаланмоқда. Defence for Children International ва Doctors Against Genocide ташкилотлари томонидан эълон қилинган “Бутун авлодларнинг оч қолдирилиши” ҳисоботида шундай хулоса илгари сурилган.

Avval o‘zi hibsga olindi, endi kompaniyasi musodara qilinmoqda...

Арманистон суди уни “ҳокимиятни эгаллаб олишга чақиришда” айблаб ДХХ қамоқхонасига жойлаштирди. Шу вақтнинг ўзида унга тегишли бўлган "Арманистон электр тармоқлари" (АЭТ) компаниясини миллийлаштириш бошланди.

Turkiyada erkak kana tufayli o‘rmonga o‘t qo‘ydi

Туркияда кана туфайли 12 гектар ўрмонга ўт қўйган эркак ҳибсга олинди.

Surxondaryoda yirik hajmli quvur yorilib ketdi

Дарҳол 3 та насос агрегати фаолияти тўхтатилган ва таҳлил бригадаси тезкор тадбирлар кўрган.

Туркияда эркак кана туфайли ўрмонга ўт қўйди

Туркияда кана туфайли 12 гектар ўрмонга ўт қўйган эркак ҳибсга олинди.

Сурхондарёда йирик ҳажмли қувур ёрилиб кетди

Дарҳол 3 та насос агрегати фаолияти тўхтатилган ва таҳлил бригадаси тезкор тадбирлар кўрган.

“Sputnik Озарбойжон” бош муҳаррири ва унинг ўринбосари тўрт ойга ҳибсга олинди

Маълумотларга кўра, Картавих ва Белоусовдан ташқари яна беш киши жиноий жавобгарликка тортилган, лекин уларнинг исми ошкор этилмаган.

Ҳиндистонда фармацевтика заводи портлади

Фавқулодда вазият вақтида заводда жами 150 киши бўлган.

Трампнинг "Катта ва гўзал" қонуни қабул қилинди. Маск ютқазди. Энди нима бўлади?

Бу ҳақда CNN телеканали хабар берди.

Зеленский Россия билан можарода Озарбайжон президентини қўллаб-қувватлади

Сиёсатчи бу хабарни ўзининг Telegram-каналида эълон қилди.

Мексикада крематорийдан 383 та жасад топилди

Бу ҳақда Чиуауа штати прокуратураси маълум қилди.

Кескинлик ортди: Маск Трампни қўллаб-қувватлаётганларга таҳдид қилди

У агар вазият у хоҳлаганидек бўлмаса, янги партия тузишини ҳам айтиб ўтди.

Исроил ОАВ: АҚШ Ғазода ўт очишни тўхтатиш учун Тел Авивга босим ўтказиши мумкин

Исроил оммавий ахборот воситаларининг хабар беришича, АҚШ расмийлари Ғазо секторида отишмаларни тўхтатиш ва асирларни алмашиш бўйича келишувга эришиш мақсадида Исроилга босим ўтказишга тайёрланмоқда.

Тескари таъсир: АҚШ ва Исроилнинг ҳужуми Эронни ядро қуроли яратишга мажбур қилиши мумкин

Бу ҳақда "The Wall Street Journal" газетаси ёзмоқда.

Дональд Трамп 14 миллиондан ортиқ инсоннинг ўлимига сабаб бўлиши мумкин

Тадқиқотга кўра, муддатидан олдин ўлиш хавфи бўлганларнинг учдан бир қисми болалардир.

Индонезияда Қозоғистон фуқаролари ўлим жазосига ҳукм қилинди

Индонезияда наркотик контрабандасида гумонланган икки Қозоғистон фуқароси ҳибсда сақланмоқда.

Ҳиндистондаги кимёвий завод портлаши оқибатида ҳалок бўлганлар сони 34 кишига етди

Бу ҳақда ANI НИ агентлиги полицияга таяниб хабар бермоқда.

Исроил уруш бошланганидан бери Ғазодаги 256 та эвакуация марказини нишонга олди

Бу ҳақда Ғазо секторидаги ҳукуматнинг медиа-офиси расмий баёнот берди.

Ғазо секторида ҳалок бўлган фаластинликлар сони 56 531 нафарга етди

Бу ҳақда Ғазодаги Фаластин соғлиқни сақлаш вазирлиги ўзининг сўнгги баёнотида маълум қилди.

Германияда украиналик аёл ва унинг чақалоғини ўлдирган 16 ёшли йигит ҳибсга олинди

Германиянинг Эссен шаҳри прокуратураси хабарига кўра, 16 ёшли украиналик йигит ҳамюрти — 32 ёшли аёл ва унинг бир ярим ёшли қизини ўлдирганини тан олди ва ҳибсга олинди.

Исроилнинг Ғазодаги ҳаво ҳужумлари юзлаб оилаларни кўчиришга мажбур қилди

Исроил ҳаво ҳужумлари Ғазо секторида юзлаб фаластинлик оилаларни ўз уйларини тарк этишга мажбур қилди. Ҳужумлар натижасида беш киши ҳалок бўлди, кўплаб аҳоли жароҳатланди.

"Қулай шартларда автомобиль": 9 фуқаро 843 нафар фуқарони умумий 50,1 млд. сўмга чув туширди

Улар ташкил қилган жамиятларга тегишли 339 дона транспорт воситалари хатланган.

Исроил армияси Ливан жанубини ўққа тутди

Исроил томони сулҳни 3000 га яқин бузган, натижада камида 213 киши ҳалок бўлган ва 508 киши жароҳат олган.

Покистондаги муссон ёмғирлари 45 кишининг ҳаётига зомин бўлди

Шу билан бирга, NDMA келгуси 12 дан 24 соатгача мамлакатнинг катта қисмларига таъсир қилиши кутилаётган кучли ёмғир ва момақалдироқ ҳақида огоҳлантирди.