Diqqat! Samarqand — Qashqadaryo "pereval"i yana yopildi

Diqqat! Samarqand — Qashqadaryo "pereval"i yana yopildi

Bugun, 6 fevral kuni soat 17:30 dan Samarqand viloyatining Urgut tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining «Taxtaqorcha» dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Buning asosiy sababi M-39 avtomobil yo‘lining dovon qismida tinimsiz yoqqan qor oqibatida yo‘lning yuza qismida muzlamalar xosil bo‘lganligi.

Ayni daqiqalarda viloyat FVB rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirda “Taxtaqorcha" dovonini qayta ochilishi kutilmoqda. Bu haqda viloyat FVB Matbuot xizmati qo‘shimcha ma’lumot taqdim etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!