Diqqat! Erkaklar o‘qisin

Diqqat! Erkaklar o‘qisin

Qo‘shma Shtatlar olimlari erkaklar uchun xavfli, hatto o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan  yangi kasallik aniqlanganligini e’lon qilishdi.

Tadqiqot natijalari “The New England Journal of Medicine»da chop etildi, deya xabar berdi “Dori-Darmon” AK matbuot xizmati.

Tadqiqotchilar yangi kasallikni VEXAS deb atashdi va ushbu sindrom 40% hollarda o‘limga olib kelishi mumkinligini yuayd etishdi.

Ta’kidlanishicha, ushbu sindromli odamlar autoinflamatuar kasallikdan aziyat chekishadi, ularda isitma, faol tromb shakllanishi va o‘pka to‘qimalarining yallig‘lanishi rivojlanadi.

Tadqiqotchilar bemorlarda UBA1 genlaridagi somatik mutasiyalarni aniqlashgan. Tadqiqot tugagandan so‘ng yana 25 kishida sindrom tasdiqlangan. Mutaxassislar bemorlarning haqiqiy soni ko‘proq bo‘lishi mumkin deb hisoblashmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!