Diqqat! Gaz quyish shoxobchalari faoliyati vaqtincha cheklanadi

Diqqat! Gaz quyish shoxobchalari faoliyati vaqtincha cheklanadi

Iste’molchilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash maqsadida, ishlab chiqarilayotgan tabiiy gaz to‘liq hajmda issiqlik elektr stansiyalari, ijtimoiy soha ob’ektlari va aholi iste’molchilariga yo‘naltiriladi, shu sababli ushbu cheklov kiritilgan.

Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Elmira Bekmurodova ma’lum qildi.

AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Energetika vazirligi matbuot xizmati rahbari Elmira Bekmuradova respublikada 70 foiz elektr energiya ta’minoti tiklanganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, yuzaga kelgan nosozlik tufayli mamlakatdagi mavjud gaz qazib olish konlari va uni qayta ishlash zavodlarida texnologik jarayonlarning buzilish holatlari kuzatilmoqda.

Shuningdek, boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmagan yuridik iste’molchilarga ham tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!