Diqqat! Avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig‘im bekor qilindi

Diqqat! Avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig‘im bekor qilindi

1 yanvardan avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun YHXBda undiriladigan yig‘imlar bekor qilindi. Hozirga qadar yangi avtomobil xarid qilinganda shartnoma narxining 3 foizi miqdorida yig‘im to‘lanardi.

2022 yil 1 yanvardan kuchga kirgan «2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi qonunda avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig‘im nazarda tutilmagan. Bundan kelib chiqadiki, 2022 yil davomida bunday yig‘im undirilmaydi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati rasmiy izoh berdi.

Shu vaqtgacha yangi (foydalanishda bo‘lmagan) avtotransport vositalari bo‘yicha xarid qilish narxining 3 foizi miqdorida yig‘im undirilar edi (masalan, 100 million so‘mlik mashina uchun 3 million so‘m, 300 million so‘mlik bo‘lsa, 9 million so‘m).

Ikkilamchi bozordan mashina xarid qilinganda esa ishlab chiqarilgan yiliga qarab, har bir ot kuchi uchun 29,7 ming so‘mgacha yig‘im undirilgan. Masalan, ishlab chiqarilganiga 3 yil to‘lmagan 100 ot kuchiga teng mashinani sotib olganlik uchun deyarli 3 million so‘m yig‘im to‘lanardi.

Endi shu yig‘imlar 1 yanvardan to‘liq bekor qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!