Boshqaruvni yo‘qotgan Rossiya nefti yuklangan tanker Boltiq dengizidagi Ryugen orolining shimolida suzib yuribdi. Voqea joyida ish olib borayotgan Dengiz avariya-qutqaruv xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, tanker bortida 99 ming tonnaga yaqin neft mavjud. Bu haqda Bild nashriyoti xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, gap Panama bayrog‘i ostida suzayotgan Eventin tankeri haqida ketmoqda. 248 metr uzunlikdagi kema Rossiyaning Ust-Luga portida neft yuklagan va 6 yanvar kuni yo‘lga chiqqan. Oxirgi manzil sifatida Misrdagi Port-Said ko‘rsatilgan.
"Eventin tankeri 18 yoshda va u Rossiyaning soya floti deb ataladigan qismiga kiradi. Rossiya bu flot yordamida Ukrainadagi urush tufayli kiritilgan G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tmoqda," - deb ta’kidlaydi nashr.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
"Манчестер Сити" бош мураббийи Хосеп Гвардиола жамоанинг янги аъзоси, Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов ҳақида ўз фикрини билдирди.
Россия президенти Владимир Путин мамлакат Украина можароси бўйича музокараларга тайёр эканини айтди. Президент Украина расмийларининг ўзлари Россия билан музокара олиб боришни тақиқлаганини эслатди.
АҚШ президенти Доналд Трамп Давосдаги Жаҳон иқтисодий форумидаги нутқида Қўшма Штатларни саноат ишлаб чиқариши, сунъий интеллект ва криптовалюталар каби соҳаларда етакчига айлантириш ниятида эканлигини маълум қилди.