Joriy yilning dastlabki 10 kunida bosqinchilar 500 dan ortiq falastinlikni o‘ldirgan
Bombalanayotgan G‘azo: 462-kunning asosiy voqealari.
Bosqinchilar Dayr al-Baloh, G‘azo shahri, Jabaliya va Nusayrat lagerlariga zarba berdi. Joriy yilning dastlabki 10 kunida bosqinchilar 500 dan ortiq falastinlikni o‘ldirgan. Urush boshlanganidan beri 46 006 kishi shahid bo‘ldi.
▪️Nasistlar ko‘chirilganlar yashaydigan Jabaliya lageridagi Al-Rafiya maktabiga hujum qilishdi. 4 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi yaralandi.
▪️Al-Quds brigadalari Jabaliya lagerida bosqinchi armiyaning mashinasini portlatib yubordi. G‘azo shahri sharqida bir askar halok bo‘ldi.
▪️G‘azo urushi paytida 1600 falastinlik oila isroillik fashistlar tomonidan butunlay o‘ldirilgan.
▪️G‘arbiy sohildagi Salfitda bosqinchilar 74 nafar falastinlikni hibsga oldi. Tulkarm, Nablus va Jenin shaharlarida shiddatli janglar ketmoqda.
▪️Husiylar ishg‘ol tomon uch uchuvchisiz uchish apparatini uchirdilar. Ulardan birining qoldiqlari bosib olingan hududlarning janubiga tushgan. Urush boshlanganidan beri hutiylar bosib olingan hududlarga 40 ga yaqin raketa va 320 ta uchuvchisiz uchoqlarni uchirdi.
▪️British The Times: Qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyalar G‘azodagi urushga qarshi namoyishlar tufayli Britaniya universitetlaridagi ko‘rgazmalarda ishtirok etishni to‘xtatdi.
▪️Bosqinchilar Livan janubidagi Kafr Kila shahriga yirik hujumlar uyushtirdi.
▪️Tailandda bedarak yo‘qolgan isroillikning jasadi topildi, uning o‘limi sabablari o‘rganilmoqda;
▪️Rim papasi Fransisk Falastin anklavidagi gumanitar vaziyatni Isroil uchun juda xavfli va sharmandali deb atadi.