— Sizni ko‘rgani keldim. Ahvolingiz yaxshimi, hech kim bezovta qilmayaptimi, shuni bilgani keldim. Axir, mening himoyamdagi odamsiz.
— G‘amxo‘rligingiz uchun rahmat. Shundoq ham sizga ancha yuk bo‘ldim. Menga ko‘p yaxshiliklar qildingiz. Mana, ko‘rib turibsiz, ahvolim yaxshi. O‘ynab-kulib yuribman-da.
— Sizdan bir narsa haqida so‘ramoqchi edim, — deya endi cho‘ntagimga qo‘l solgandim hamki, sherigim menga imo-ishora qildi.
— Faqat hozir emas, ishim ko‘p, — deya jerkib berdim uni.
Lekin u tixirlik qilavergach, noiloj o‘rnimdan qo‘zg‘aldim.
— Nima deysan shu paytda?
— Bir muhim xabar bor, noxush xabar…
— Xo‘sh, chaynalmay aytsang-chi…
— Jo‘rayev o‘libdi.
Bu gap qulog‘imga unchalik o‘rnashmadi. Miyam ham hazm qila olmadi.
— Nima deding? — so‘radim qoshimni chimirib. — Jo‘rayev o‘libdi? Nega o‘ladi? Kim o‘ldiradi?
— Bilmadim. Ishxonasida jon beribdi. Hozir tekshirishayotganmish jasadini.
— Unda tezroq yetib boraylik.
Sharipova bilan xayr-ma’zurni ham nasiya qilib, shifoxonadan to‘g‘ri yana o‘sha baland bino tomon yo‘l oldik. Yetib kelganimizda atrofga tumonat odam to‘plangandi. To‘g‘ri yuqori qavatga chiqdik. Jo‘rayevning xonasini polisiya xodimlari o‘rab olgandi. Men jasadning oldiga yaqinlashdim. Og‘zidan qon kelgan, boshini stulga qo‘yib o‘tirardi.
— Shu holatda o‘lib qolganga o‘xshaydi, — dedi yordamchim. — Buning ham og‘zidan qon kelibdi.
Sherigimning bu gapi meni sergak torttirdi. Qo‘riqchi yigitning o‘lgan holatini esladim. Bu o‘sha holatga juda o‘xshardi. Ma’lumot yig‘ishga ketgan yordamchim esa, birozdan keyin qaytib keldi:
— Ekspertiza miyasiga qon quyilgan, degan xulosaga kelgan. Issiqda ko‘p qahva ichgani, keyin qon bosimi yuqoriligi uchun mazasi qochib qolgan va miyasiga qon quyilgan.
— Bir qaraganda, shunday. Aslida esa, bu yerda bir jumboq borga o‘xshayapti.
— Jumboq deysizmi?
— Ha, jumboq… Nima deysan, Sharipovadan xabar olmaymizmi?
— Nega? Uning bu jinoyatga aloqasi bor, deb o‘ylaysizmi?
— Menimcha, shunday. Chunki u avval Jo‘rayevni, keyin esa, singlisini o‘ldirishni niyat qilgan. Yoki…
Miyamdagi ikkinchi asosiy taxminni aytishga jur’at etmadim. Bankdan chiqib, to‘g‘ri Sharipovanikiga yo‘l oldim. Uyiga yetib borgach, eshikni taqillatdim. Birozdan keyin sochlari yelkasiga yoyilgan Sharipova chiqib keldi. Bizni ko‘rib, avval ajablandi, keyin esa, ichkariga taklif qildi.
— Bezovta qilganim uchun uzr, — dedim gapning indallosiga o‘tib. — Sizga bir-ikkita savollarim bor edi.
— Xo‘sh?
— O‘sha kuni, ya’ni, biz tasodifan kelgan kuni nega tomosha uyushtirdingiz?
— Tomosha? — hayron bo‘ldi ayol. — Tushunmadim, qanaqa tomosha?..
— Qanaqa bo‘lardi? Sizning joningizga qasd qilingani bilan bog‘liq tomosha… sizni bo‘g‘ishgani bilan bog‘liq tomosha…
Ayoldagi hayrat sherigimga ham ko‘chdi.
— Nimalar deyapsiz? — dedi u ko‘zlarini katta-katta ochib. — Axir, biz…
Ammo men bir qo‘limni ko‘tarib, uni jim qildim. So‘ng ayolga yuzlandim.
— Xo‘sh, savolimga javob kutyapman.
— Juda ahmoqona savol berdingiz. Axir, o‘sha kuni meni o‘ldirishga urinishganini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rdingiz-ku.
— Ko‘rganim yo‘q, sizdan eshitdim…
— Lekin uning derazadan sakrab qochganini ko‘rdingiz. Axir, men o‘zidan o‘zi baqiradigan ahmoq emasman-ku.
— Nima, men hamma gapingizga ishonaveradigan ahmoqqa o‘xshaymanmi? — rostakamiga qizishib ketdim. — Birinchidan, uyga hech qanaqa bosqinchi kirmagan. Chunki men eshikni buzib kirdim. Nima, bosqinchida kalit bormidiki, eshikka shikast yetkazmasdan, uni ochib kirsa.
Ayol menga yalt etib qaradi.
— Axir, — dedi tutilib. — Uning derazadan sakrab tushganini…
— Bu tomoshaga kelsak, — Sharipovaning gapini keskin bo‘ldim. — Siz aytgan erkak derazadan sakrab tushmagan. Chunki o‘sha kuni derazadan pastga qaraganimda, hech qanday oyoq izi yo‘q edi. Vaholanki, yer tuproq, sement emas. Siz aytgan erkak esa, daraxt ortiga yashirinib, ishorangizni kutib turgan. Siz ishora qilishingiz bilan u chopishni boshlagan.
— Men hech qanaqa ishora qilganim yo‘q, axir, kirib kelganingizda bir ahvolda…
Ayol bu safar ham gapini tugatishga ulgurmadi. Men esa cho‘ntagimdan bitta rasm chiqardim-da, oldiga olib bordim.
— Manavi rasmdagi idish siniqlarini ko‘rdingizmi?
— Ha, — dedi u biroz qizarib. — Kimdir tashlagandir-da…
— Kimdir emas, siz tashlagansiz. Anavi yollagan odamingizga belgi berish uchun…
— Bo‘lmagan gap… siz tuhmat qilyapsiz…
— Shunaqami, — yuzim g‘azabdan burishib ketdi, keyin sherigimga qaradim. — Manavi alvastini bo‘g‘ib o‘ldiring.
Meni shu paytgacha umuman bu ahvolda ko‘rmagan, qolaversa, bunaqa vahimali gap eshitmagan sherigim dovdirab qoldi.
— Bu nima deganingiz? Axir, men uni qanaqa qilib?..
— Bu — buyruq. Siz uni bajarishga mas’ulsiz. Uni bo‘g‘ib o‘ldiring, tezroq…
Sherigim noiloj qoldi. Chunki agar shartimga ko‘nmasa, men uni boshlig‘iga itoat etmaganlikda ayblab, ishdan bo‘shatishim ham mumkin edi. U jonholatda ayolni bo‘g‘a boshladi.
— Yo‘q, yo‘q, — xirillagancha tipirchilay boshladi Sharipova.
Uning yuzi oqarib, ko‘zi olaya boshlagandagina sherigimga to‘xtatishini aytdim. U ayolni qo‘yib yubordi, Sharipova esa yerga yotib qoldi.
— Bo‘g‘ish mana bunaqa bo‘ladi, — deya ayolga yanada yaqinroq keldim. — Sherigimga e’tibor bering, odam birovni bo‘g‘ayotganda ana shunday terlaydi, vahimaga tushadi, terisi tortishib qoladi. Sizni bo‘g‘gan odamda esa, men bunaqa terdan asar ham ko‘rganim yo‘q.
Gapimning isboti tariqasida rasmni yaqinroqqa olib kelib ko‘rsatdim.
— Qarang, bu zarracha terlamagan ham. Balki endi bo‘yningizga olarsiz yoki anavi qo‘riqchi yigitning o‘limini ham sizga ag‘darib, uzoq yilga hukm qilishlarini so‘raymi?
— Qanaqa qo‘riqchi yigit? Nima haqda gapiryapsiz? — tamomila kalovlanib qoldi ayol.
— Men oldingizga kelganimda o‘lib yotgan yigitni aytyapman.
— U mening hayotimga tajovuz qilgan…
— Yig‘ishtiring bu ertagingizni, Sharipova, nahotki meni aldab bo‘lmasligini hali ham tushunmadingiz? Yo rostini aytasiz yoki…
* * *
— Xo‘sh, ishimiz tugadi hisob. Mana, Sharipova bor aybni o‘z bo‘yniga oldi. Endi dam olsak ham bo‘lar-a, — dedi yordamchim tashqariga chiqqanimizdan so‘ng.
— Menga ham shunday tuyulyapti. Faqat bir narsa o‘ylantiryapti meni…
— Yana nima?
— Haqiqiy qotilning kimligi. Jo‘rayev bilan qo‘riqchi yigitning qotili…
— Tushunmadim, bu ikkalasining nima aloqasi bor? Tamomila boshqa odamlar-ku.
— Lekin ikkalasining ham o‘lim holati bir xil. Ekspertiza miyasiga qon quyilganini ta’kidlayapti. Bu sizni ajablantirmayaptimi?
— Lekin bu yigitni pichoqlashgan…
— Kim? Shu ayolmi? Sharipovami? Nahotki shu ayolning mana bunday barzangi erkakka kuchi yetadi, deb o‘ylasangiz… Ustiga-ustak, qo‘riqchi yigit doim hushyor turardi.
— Unda qanday pichoqlagan? — hayrati oshdi sherigimning.
— Yuring, hozir shuni aniqlashga harakat qilib ko‘ramiz.
— Qayerga boramiz?
— Kamolovaning oldiga…
— Jinnixonagami?
— Ha.
Biroz vaqtdan keyin yana bizni shu ishning domiga tortgan ayol qarshisida turardik.
— Eringiz o‘ldi, — dedim men dabdurustdan.
Ammo ayol pinagini ham buzmadi. Faqat:
— Qanday qilib, uni jazolashga kimning qo‘li yetibdi? — deb so‘radi.
— Miyasiga qon quyilganmish… issiqda ko‘p qahva ichgani uchun qon bosimi ham…
— Unga buyam kam, — yana o‘shanday xotirjamlik bilan gapirdi Kamolova. — Yana nima gaplar?
Davomi ertaga joylanadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Шунингдек, суғуртасиз машина ҳайдаганларга кўпроқ жазо бериш ва камера таний олмайдиган автомобиль рақамлари муаммосини ҳал қилиш чоралари ҳам кўриб чиқилмоқда.
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Эрон Ташқи ишлар вазирлиги қуролсизланиш ва қуролларни назорат қилиш бошқармаси директори Ҳайдар Али Балужий 12 кунлик уруш давомида Исроил томонидан Эрондаги вакцина ва дори воситалари ишлаб чиқариш объектлари ҳамда соғлиқни сақлаш марказларига қилинган ҳужумларни халқаро ҳуқуқ ва минтақавий хавфсизликка таҳдид сифатида баҳолади.
Ғазода ишлаётган журналистларнинг айтишича, улар тўғридан-тўғри нишонга олинмоқда ва исмлари Исроил режими армияси рўйхатларига қасддан йўқ қилиш мақсадида киритилган.
2025 йил 11 август куни Ғазо шаҳридаги “Аш-Шифа” шифохонаси ёнида жойлашган журналистлар чодирига Исроил томонидан уюштирилган зарба оқибатида Al Jazeera телеканалининг 5 нафар ходими ҳалок бўлди.
ДХХнинг Бухоро вилояти бўйича бошқармаси ҳамда ички ишлар ва прокуратура органлари ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда ходим 13 минг АҚШ долларини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.
Жорий йилнинг 24 июль куни соат 22:30 ларда Чироқчи тумани, яшовчи аёл Д.И. 102 рақамига мурожаат қилиб, у билан бирга расмий никоҳсиз яшаб келаётган эркак Н.П.нинг онаси хонадонига келиб жанжал кўтараётганлигини маълум қилган.
Гумонланувчилар орасида Таиланднинг энг йирик қурилиш компанияларидан бири – Italian-Thai Development Премчай Карнасута ва Хитойнинг China Railway компанияси ҳам бор.
ҲАМАС ҳаракати Исроил ҳукумати томонидан Ғазо шаҳрини босиб олиш ва унинг аҳолисини мажбуран кўчириш режаларини кескин қоралаб, буни "катта оқибатларга олиб келувчи ҳарбий жиноят" деб атади.
Исроил Хавфсизлик кабинети Ғазо секторида фақат Ғазо шаҳрини босиб олиш режасини маъқуллади. Бу қарор аввал эълон қилингандай бутун сектор эмас, балки унинг шимолий қисмига доир босиб олишни назарда тутади.
Ҳолат юзасидан ўтказилган хизмат текшуви натижаларига кўра, 2006 йилда туғилган А.А. исмли шахс Чилонзор тумани 19-мавзе ҳудудида яланғоч ҳолда жамоат жойида ҳаракатланган.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.
Исроил Суриядаги айирмачи кучлар орқали мамлакатни бўлиб ташлашга уринмоқда. Бу ҳақда Сурия ахборот вазири Ҳамза ал-Мустафо Туркиянинг “Anadolu” ахборот агентлигига берган интервьюсида маълум қилган.
Болани ерда маҳаллий аҳоли вакили топиб олиб, тез ёрдам чақирган. Ҳодиса жиддийлигига қарамай, бола ҳушини йўқотмаган. Унинг қўли синган, умуртқа поғонаси чўзилган
Маълум қилинишича, аёл давлат чегараси чизиғидан 80 метр масофада, чегара ҳудудида ноқонуний равишда бўлиб, Қозоғистон ва Россия чегарасини расмий ўтиш пунктларидан ташқарида кесиб ўтмоқчи бўлган.
1 августдан бошлаб АҚШ президенти Доналд Трамп Жанубий Корея ва Ҳиндистондан олиб кириладиган маҳсулотларга янги бож тўловлари жорий этилишини эълон қилди. Унда икки давлатга турлича ёндашув намоён бўлди.