Depozitlar qimmatlamoqda, kreditlar ham

Depozitlar qimmatlamoqda, kreditlar ham

1 may holatiga muddatli depozitlarning o‘rtacha tortilgan stavkasi 19,3%ni tashkil etgan. Chakana depozitlar o‘rtacha stavkasi 0,3 foiz bandiga qimmatlab, 20,8%ga yetgan, bu o‘tgan yilning avgustidan buyon eng yuqori ko‘rsatkich.

Korporativ depozitlar esa 1,6 foiz bandiga qimmatlab, 17,9%ni tashkil etgan. Mazkur ko‘rsatkich depozitlar stavkalari e’lon qilib borilayotgan 2013 yildan buyon eng baland miqdor hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, may oyida tijorat banklari aholi uchun 25%gacha, yuridik shaxslar uchun 22%gacha stavkada depozitlar taklif eta boshlashgan.

Depozitlar narxining oshishi barobarida kreditlar stavkalari ham ko‘tarila boshlagan va 22,9% (+0,3%)ni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mayidan buyon eng yuqori ko‘rsatkich.

Depozit va kreditlar narxining ko‘tarilishi asosan talab oshib borayotgan vaziyatda taklif yetarli emasligi vajidan yuz bermoqda. Banklarning xorijiy manbalarga chiqish imkoniyatlari foizlar ortib ketgani sababli cheklangan, davlat fondlari bilan bog‘liq manbalarda esa iqtisodiy o‘sish sustlashib borayotgani fonida defisit yuzaga kelgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!