Denovlik fuqaro Toshkentda online tarzda sud qilindi

Denovlik fuqaro Toshkentda online tarzda sud qilindi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudining 2013 yil iyul oyidagi sud buyrug‘iga asosan Denov tumanida yashovchi qarzdor Suxrob Palvonovdan voyaga yetmagan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan bo‘lsada qarzdor ota aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab qochib yurganligi sababli Majburiy ijro byurosi Denov tuman bo‘limi tomonidan qidiruv e’lon qilingan edi.

Byuroning viloyat boshqarmasi hamda ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor qidiruvlar natijasiga ko‘ra qarzdor ota Toshkent shaxri Bektemir tumani “Quyliq dehqon bozori” hududidan topilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi binosiga olib kelindi.

Sud jarayonlari onlayn masofadan tashkil etilib, aliment to‘lashdan bosh torgan otaning ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqildi. Ochiq sud majlisiga taklif etilgan aliment oluvchi onaning murojaati tinglanib, to‘plangan hujjatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Qarzdor ota jami 48 million 576 ming so‘m aliment pulini to‘lashdan bosh torganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!