Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi, Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Korina Machado vaqtinchalik prezident haqida shunday fikr bildirdi.
Unga ko‘ra, Delsi Rodriges mamlakatda qiynoqlar, ta’qiblar, korrupsiya va giyohvand moddalar savdosini tizimli ravishda yo‘lga qo‘ygan asosiy shaxslardan biri hisoblanadi va go‘yoki Rossiya, Xitoy va Eron bilan yaqin hamkorlik qiladi.
Shuningdek, u ayrim OAV Rodriges AQSh bilan maxfiy muzokaralar olib borgani va go‘yoki Maduroni ularga o‘zi topshirgani haqida xabar tarqatayotganini aytib o‘tdi.
Muxolifatchi fikriga ko‘ra, Delsi Rodriges vaqtinchalik prezident maqomiga ega bo‘lishiga qaramay, aholi tomonidan norozilikka uchramoqda.
58 yoshli Machado so‘nggi yillarda Maduro hukumatiga qarshi eng jiddiy tinchlik harakati uchun mukofotga sazovor bo‘ldi. O‘shanda Machado mukofotning bir qismini Trampga bag‘ishlagandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Бошловчининг: «Одамлар ўзига зарар бераётганини тушуниб етиши учун нега давлат худди „болға“ каби тепасида туриши керак?» деган саволига жавобан, Саида Мирзиёева асл ўзгаришлар секин-аста, вақт ўтиши билан рўй беришини айтди.
Нашр маълумотларига кўра, Исроил Мудофаа кучлари (ЦАХАЛ) март ойида Ғазода ҳарбий операция ўтказиш режасини ишлаб чиққан, аммо уни фақат Қўшма Штатларнинг розилиги билан амалга ошириш мумкин.
АҚШ президенти Доналд Трамп жума куни мамлакатдаги энг йирик нефт компаниялари раҳбарларини Венесуэла нефт саноатига сармоя киритишга чақирди. Бу чақириқ Қўшма Штатлар томонидан Венесуэла президенти Николас Мадуронинг қўлга олинишидан бир ҳафта ўтиб янгради.