Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ajratilgan yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ajratilgan yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi



Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Navbahor tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro D.A. 27 nafar fuqaroga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun ajratilgan 5 gektar zaxiradagi yer maydonini boshqa bir fuqaro X.J.ga 50 mln so‘mga sotishga kelishib, 28 mln so‘m va 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!