O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayziyev "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritdi.
"Manchester Siti"ning oxirgi o‘yinlarida Husanov zaxirada qolgach, muxlislarimizda xavotir kuchayib bordi. Bu esa o‘z navbatida turli farazlarni keltirib chiqardi. Ijara, transfer, Pep bilan kelishmovchilik va hokazo. Vaziyat qandayligini bilish uchun Abduqodirning yaqinlari bilan gaplashdim.
Aslida nima bo‘lyapti? Birinchi navbatda aytib o‘taman, Gvardiola bilan hech qanday shaxsiy va professional darajada ziddiyat yo‘q. Aksincha, Pep mashg‘ulotlarda doimiy tarzda unga e’tibor qiladi, pozisiyasi bo‘yicha taktik ko‘rsatmalar beradi. Ishonchi so‘nmagan. Jismoniy jihatdan ham Husanovda hozir muammo, pasayish yo‘q. O‘yinlarda tushmayotganiga sabab - sog‘lom raqobat.
Yana bir yosh himoyachi O’Rayli chap qanotda ketma-ket uchrashuvlarda gollar va assistlar qayd etgach, Yoshko Gvardiol markazga o‘tkazildi. Ruben Diash lider sifatida markaziy o‘ng himoyachi sifatida harakat qilmoqda. Pep shu variantni qo‘llagach, "Siti" qatorasiga yutishni boshladi. Nafaqat Gvardiola, aksariyat murabbiylar natija bo‘lib turgan joyda rotasiya qilmaydi. Ayniqsa himoyada. Qolaversa, mavsum yakunida "Siti"ning yo‘qotadigan har bitta ochkosi klubni Chempionlar ligasidan mahrum qilishi mumkin. Bugun yutsa va himoya yaxshi o‘ynasa ertaga yana shular tushadi. Bu normal jarayon.
Abduqodir Husanovda hali imkon bo‘ladi, ishoning. O‘zining yondoshuvi pozitiv, payt poylayapti. Feyk xabarlarni o‘qib qolsa, balki kayfiyati biroz buzilishi mumkin, lekin u o‘qimaydi. Siz ham faqat ishonchli manbalarni kuzating", — deya yozdi Davron Fayziyev.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Испания, Португалия, Франсия ва Белгияда электр энергиясида катта узилишлар юз берди, бу эса аҳолини электр энергияси, интернет ва мобил алоқасиз қолдирди.
"Биз украиналиклар билан очиқ ва қийин мунозараларда 22 та ўта аниқ шартларни таклиф қилдик ва биз жуда кучли позицияда эканлигимизга ишонамиз", деди Келлог.
АҚШ президенти Доналд Трамп маълумотлар сизиб чиқиши билан боғлиқ жанжалга аралашган Пентагон раҳбари Пит Хегсетни истеъфога чиқармасликка қарор қилди.
АҚШ президенти Доналд Трамп Полша мисолида Россия ва Украина чегарасида девор қуриши керак , деб ёзади шарҳловчи Марк Тиссен The Washington Post газетасидаги мақоласида.
Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти (ЖССТ) АҚШ маблағларининг қисқариши туфайли келгуси икки йил ичида ходимларининг иш ҳақининг 25 фоизини тўлаш учун маблағ етишмаяпти.