Davlat va jamiyat barqarorligini yanada mustahkamlashning yangi huquqiy normalari belgilanmoqda

A A A
Davlat va jamiyat barqarorligini yanada mustahkamlashning yangi huquqiy normalari belgilanmoqda

Nodavlat notijorat tashkilotlari demokratik jamiyat qurilishida salmoqli o‘rin tutadi. Bu jihat yurtimizda NNTlar faoliyatiga oid islohotlarda ham namoyon bo‘lmoqda.

Masalan, NNTlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bojlari o‘rtacha ikki barobar pasaytirildi, mablag‘ olish bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati 40 kundan 15 kungacha qisqartirildi, ularga maxsus hisob raqam ochish talabi bekor qilindi va ortiqcha byurokratiyaga chek qo‘yish maqsadida barcha davlat xizmatlari “e-ngo.uz” portali orqali elektron tarzda ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yildi.

E’tiborlisi, bu borada ilgari surilayotgan tashabbuslar va qonun ijodkorligini ta’minlashning tizimli xarakter kasb etishi hamda vakillik organlari a’zolarining faolligi sohani yanada takomillashtirish orqali, kuchli fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlashni davom etishga zamin yaratmoqda.

Shu o‘rinda, Qonunchilik palatasi majlisida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi deputatlari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasining birinchi o‘qishdayoq muhokama qilinib, qabul qilinganini ushbu islohotlarning yorqin namunasideyish mumkin.

Qonun loyihasi joriy yilning 21 mart kuniga qadar jamoatchilik muhokamasiga havola etilgan bo‘lib, uning qabul qilinishi davlat boshqaruvi va jamiyat barqaror rivojlanishida qator yangi mexanizmlarning huquqiy asosini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ahamiyatli jihati, ushbu qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi, “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunlariga hamda Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Xususan, nodavlat notijorat tashkilotlarining huquq va manfaatlari himoyasini mustahkamlash, jamoatchilik nazoratining ta’sirchanligi va samaradorligini oshirishga oid o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Birinchidan, davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.

Endi, davlat organi mansabdori faoliyatida ushbu holat ilk marotaba aniqlanganda BHMning yetti baravaridan o‘n baravarigacha, agar bu holat bir yil ichida yana takrorlansa o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, avval bu kabi huquqbuzarlik uchun javobgarlik o‘rnatilmagani sababli, nodavlat notijorat tashkilotlarni majburiy ravishda homiylik va boshqa ishlarga jalb qilish, tadbirlar o‘tkazishga qarshilik qilish, ularga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni olib qo‘yish, shuningdek, qonunchilikni buzgan holda ularga oid hujjatlarni (ma’lumotlarni) talab qilib olish va boshqa ko‘rinishlardagi huquqbuzarliklar sodir etilgan.

Ta’kidlash zarurki, ushbu tahrir endilikdadavlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatiga aralashuvlarinisezilarli kamaytirib, vakolati chegarasida ishlashiga, o‘z navbatida NNTlarning faoliyatini himoya qilib, mustaqilligi va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Ikkinchidan, sohadagi ayrim ma’muriy huquqbuzarliklar xususan, NNTlar, ularning vakolatxonalari va filiallarining davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyatni amalga oshirishi, ro‘yxatdan o‘tkazilmagan ramziy belgilarni ishlatishi, tadbirlar o‘tkazish haqida xabardor qilish tartibiga rioya qilmaganlik uchun jarima miqdorlari sezilarli darajada kamaytirilmoqda.

Jumladan, ilgari nodavlat notijorat tashkilotlari (ular vakolatxonalari va filiallarining) davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyatni amalga oshirgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lgan bo‘lsa, endi uning o‘n baravardan yigirma besh baravargacha miqdorga tushirish belgilanmoqda.

Bugungi kunga qadar mamlakatda 10 mingga yaqin nodavlat notijorat tashkilotlar (yil boshidan 4 ta yangi) ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularda70 ming kishi faoliyat ko‘rsatadi.

Davlat ro‘yxatidan o‘tish muayyan tashkiliy jarayonlarni talab etgani bois, ko‘p hollarda endi o‘z faoliyatini boshlagan nodavlat notijorat tashkilotining rasmiy ro‘yxatdan o‘tmasdan turib tadbir o‘tkazishi kuzatiladi. Qonun loyihasida ko‘zda tutilgan jarimalar miqdorining kamayishiushbu nodavlat notijorat tashkilotlarga moliyaviy yukni yengillashtirishi bilan birga, qonuniy faoliyat olib borishida qulayliklar yaratadi.

Uchinchidan, nodavlat notijorat tashkilotlarning o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etish jarayonidagi xatoliklar (o‘z vaqtida yoki belgilanmagan shaklda taqdim etmaslik, bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etish) uchun amaldagi jarima (15-30) BHMning o‘rtacha besh baravari miqdorida (10-25) kamaytirilmoqda.

Ushbu o‘zgarishlar, ya’ni nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatidagi ayrim ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko‘ra qilingan xatoliklar uchun moliyaviy jazo choralarining yengillashtirilishi o‘z navbatida ularning iqtisodiy imkoniyatlari va barqarorligini ta’minlashda ham muhim o‘rin tutadi.

Misol uchun, O‘zbekiston Rakka qarshi kurash jamiyati Toshkent viloyati bo‘linmasi rahbari Alisher Alimov jamiyat 2023 yilda Adliya organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazilgani va faoliyatida ayrim muammolarga duch kelganini bildirgan. Xususan, yangi tashkil etilgani va hisobchi shtat birligi bo‘lmagani uchun soliq hisobotlari o‘z vaqtida topshirilmagan va 2024 yilda 3,4 mln soliq jarimasi hisoblangan. A.Alimovga ko‘ra, yangi qonun loyihasida jarimalar miqdorining kamaytirilishi bu kabi muammolar yechimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

To‘rtinchidan, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini yanada kuchaytirish va bu borada davlat organlari mas’uliyati bilan birga, harakatsizligi uchun javobgarlikni belgilash choralariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik, jumladan jamoatchilik nazoratining natijalariga ko‘ra yakuniy hujjatni (bayonnoma, xulosa, ma’lumotnoma va boshq.) o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaganlik uchun mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Mazkur o‘zgarish mansabdor shaxslarning o‘z funksional vazifalari doirasida jamoatchilik nazorati jarayonlariga alohida e’tibor qaratish va bu borada nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Muxtasar aytganda, qonun loyihasining qabul qilinishi nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlashga, faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga, shaffofligini oshirishga hamda mazkur sohada huquqni qo‘llashning yangi amaliyotini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

Toxir Axmadaliyev,

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi

Toshkent viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Abduqodir Husanovning muvaffaqiyatlari ortidan Qozog‘iston futboli tanqid qilindi

Қўшни давлатларда аллақачон жаҳон даражасига чиққан футбол юлдузлари етишиб чиқаётган бир пайтда, Қозоғистон футболи ҳамон Дастан Сатпаевнинг келажакдаги муваффақиятига умид қилиб яшамоқда.

Tadbirkor prezidentdan 2–3 tonna oltin so‘radi va....

У мамлакат олтин захираси 52 тоннадан ошганини эслатиб, бизнесни оёққа турғизиш учун Ўшга 2–3 тонна олтин ажратишни сўради.

“Real” yulduzlarni jilovlaydigan murabbiy topdi

“Реал” раҳбарияти жамоага бош мураббий сифатида Дидье Дешамни таклиф қилишга тайёргарлик кўраётгани хабар қилинган эди.

AQSh Husanovdan hayratda!

АҚШнинг жаҳонга машҳур The New York Times нашри Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов ҳақида таҳлилий материал эълон қилди.

Ronaldu bo‘ldi, futbolni tugat!

Швециялик собиқ футболчи Андерс Лимпар Криштиану Роналдуга карьерасини якунлашни маслаҳат берди.

Italiya JCH-2026 ishtirokchilari qatoriga qo‘shilishi mumkin

Италия миллий терма жамоаси назарий жиҳатдан 2026 йилги жаҳон чемпионатида иштирок этиши мумкин.

2040 yilda 33 ta mamlakat suv tanqisligiga duch keladi

Вазият, айниқса, Яқин Шарқда қийин. Бу ердаги сув хавфсизлиги даражаси дунёдаги энг паст кўрсаткичлардан бири.

"Chelsi"ga qarshi Abduqodir Husanovning o‘yini qanday baholandi? (Foto)

Англия чемпионати 32-турида "Манчестер Сити" "Челси" майдонида 3:0 ҳисобида йирик ғалабани расмийлаштирди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Lionel Messi Kataloniya klubini sotib oldi

АҚШнинг “Интер Майами” ва Аргентина терма жамоас сардори Лионель Месси Терсера RFEF (Испаниянинг бешинчи дивизиони) лигасида иштирок этувчи Каталониянинг “Корнеля” клубини сотиб олди.

Zelenskiyning tarjimoni mikrofon o‘chirilganini sezmay so‘kinib yubordi

Украина президенти Владимир Зеленский ва Нидерландия бош вазири Роб Йеттеннинг матбуот анжумани якунланганидан сўнг, украиналик таржимон ўзини тута олмай, ҳақоратли сўзлар ишлатди.

AQSh “neft shoki” xavfi ostida — Financial Times

Яқин Шарқдаги кескинлик фонида Осиё нефтни қайта ишлаш заводлари Атлантика океани ҳавзасидаги барча нефтни ўзлаштирмоқда.

AQSh Eronga qarshi “Iqtisodiy g‘azab” operasiyasini boshladi

Бу ҳақда Пит Хегсет матбуот анжуманида баёнот берди.

Generallar ishi: ayrimlari ozod qilindi

Бекмурод Абдуллаев ва бошқа бир қатор мансабдорлар бўйича ишда янги ўзгаришлар кузатилди.

O‘zbekiston Humans Group asoschisi Vladimir Dobrininni xalqaro qidiruvga berdi

У “қимор ва таваккалчиликка асосланган бошқа ўйинларни ташкил этиш ва ўтказиш”, шунингдек, “пул ювиш"да айбланмоқда.

O‘rta Chirchiqdagi xonadonda portlash: 4 kishi vafot etdi

Тунда қаттиқ овоз бўлди. Ҳамма уйдан чиқиб кетди. Қўрқиб кетдик”, — дейди қўшнилардан бири.

“Ravshan Zolotoy” xalqaro qidiruvga berildi

Омма орасида “Равшан Золотой” номи билан танилган, таниқли тадбиркор Ғофур Раҳимовнинг жияни Равшан Муҳитдинов интерпол орқали қидирувга берилган.

"O‘zbekiston metallurgiya kombinati" sobiq raisi Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Дилшод Аҳмедов 2024 йил 16 октябрда “Ўзметкомбинат” АЖ бошқарув раиси этиб тайинланган. 2025 йил август ойида эса лавозимидан озод этилганди.

Jizzaxda FVB mansabdori pora bilan ushlandi

Ҳолат юзасидан унга нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

JAR siyosatchisi Julius Malema 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

"Иқтисодий эркинлик учун курашчилар" (EFF) партияси етакчиси Жулиус Малема 2018 йилги митингда ўқотар қуролдан ноқонуний фойдаланганликда айбдор деб топилди

Oq uy olimlarning sirli o‘limi va yo‘qolishi haqidagi ma’lumotlarni tekshiradi

Бу ҳақда The Times Кэролайн Левиттга таяниб хабар берди.

Samarqandda ma’danli toshlardan oltin ajratib olayotganlar ushlandi

Самарқанд вилоятида ноқонуний равишда маъданли тошлардан олтин ажратиб олиш билан шуғулланиб келган шахслар ушланди.

Ekologik ekspertiza tizimini raqamlashtirishda Koreya tajribasi o‘rganilmoqda

Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси ҳамда Давлат экологик экспертизаси маркази вакиллари 2026 йил 13–17 апрель кунлари Жанубий Корея пойтахти Сеулда бўлиб ўтаётган семинар-воркшопда иштирок этмоқда.

AQSh Senati to‘rtinchi marta Erondagi urushni to‘xtatishdan bosh tortdi

Америка Сенати яна бир бор президент Дональд Трампнинг Конгресс розилигисиз Эронга қарши ҳарбий ҳаракатлар олиб бориш ҳуқуқини чеклашга қаратилган резолюцияни қўллаб-қувватламади.

Narkosavdogarlardan Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg “opiy” giyohvandlik vositasi olindi

Натижада, автомашинада кетаётган Қўшкўпир туманида яшовчи, 2002 й.т., муқаддам наркожиноят содир этганлиги учун судланган шахсга тегишли 4 кг 541 гр “опий” моддаси борлиги аниқланди

Avstraliyadagi neftni qayta ishlash zavodida yong‘in yuz berdi

Гап мамлакатдаги нефт маҳсулотларининг 10 фоизигача бўлган қисмини таъминлайдиган корхона ҳақида бормоқда.

Eron raketalarini yana yer osti bazalaridan chiqarmoqda — AQSh ularni to‘liq yo‘q qila olmadi — CNN

Сўнгги АҚШ разведка ҳисоботларига кўра, бир неча ҳафталик жангларга қарамай, Эроннинг ракета қурилмаларининг тахминан ярми ҳали ҳам сақланиб қолган.

Turkiyadagi yana bir maktabda otishma sodir etildi: qurbonlar bor

Ҳодиса Онкишубат туманидаги мактабда содир бўлган. Оқибатда ҳудудга кўплаб полиция кучлари жалб этилди.

Turizm qo‘mitasiga yangi matbuot kotibi tayinlandi

Шаҳбоз Саидханов Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги Оммавий ахборот воситалари учун контент тайёрлаш маркази хулосасига асосан Ўзбекистон Республикаси Туризм қўмитаси раисининг ахборот сиёсати бўйича маслаҳатчиси — ахборот хизмати раҳбари, “Миллий PR-маркази” директори лавозимига тайинланди.

2025 yilda dunyo muzliklarida 408 gigatonna muz erib ketdi

Энг катта музлик йўқотилиши 2023 йилда қайд этилган — 555 гигатон. Аксинча, 1983 йилда муз массасининг рекорд даражадаги ўсиши 115 гигатонни ташкил этди.

Sport ozuqasi kapsulalari ichida "jon saqlagan" sintetik narkotiklar fosh bo‘ldi

Мазкур гиёҳвандлик воситаларининг қора бозорида чакана нархи 350 минг доллларгача етади!

Toshkentda metro poyezdi vagoni eshigi ochiq holda harakatlandi​​​​​​​

Машинист эса эшик ёмилмаса-да, ҳаракатни давом эттирган. Кейинги бекатда поезд тўхтатилган ва йўловчилар туширилиб, ҳаракат таркиби техник кўрик йўлагига олиб кетилган.

35 dollar evaziga bojxonadan olib o‘tilayotgan sumkadan sintetik narkotiklar topildi!

“Тошкент-Аэро” ИБК тезкор тузилмалари ва Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари билан ҳамкорликда аниқланган навбатдаги ҳолатнинг “қаҳрамон”и бир қарашда айбсиз айбдордек туюлади.

DXX xorijiy raqamlardan bo‘layotgan shubhali qo‘ng‘iroqlardan ogohlantirdi

Улар қўнғироқни интернет орқали юбориб, рақамни аввалдан сохталаштириб қўйганликлари боис, мобил компаниялар тизимида бу қўнғироқни ким ва қаердан амалга оширганини аниқлаш мушкул.