Davlat byudjetiga so‘nggi ikki oyda qancha daromad qo‘shildi?

Iyul-avgust oylarida davlat byudjetining daromadlari 38,1 trillion so‘mni, xarajatlari esa 50,3 trillion so‘mni tashkil etdi. Daromadlarning asosiy qismi – 69,0 foizi yoki 26,2 trillion so‘mi soliqlar, qolgan qismi esa bojxona qo‘mitasi va boshqa tushumlar hisobidan to‘g‘ri keldi.
Hisobot davrida ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish uchun davlat byudjetidan 24,1 trillion so‘m yoki umumiy xarajatlarning 48,0 foizi yo‘naltirildi. Jami xarajatlarning 19,3 trillion so‘mi (80,1 foizi) ijtimoiy soha va aholini qo‘llab-quvvatlashga, 4,5 trillion so‘mi (18,9 foizi) byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazmalarga va 239,0 milliard so‘mi (1,0 foizi) uy-joy qurish dasturlariga to‘g‘ri keldi.
Umuman olganda, 2023-yilning sakkiz oyida O‘zbekiston davlat byudjeti taqchilligi deyarli 40 trillion so‘mga yetdi.