Dastlabki sinov muddati uch oydan oshmasligi kerakligi belgilandi

Dastlabki sinov muddati uch oydan oshmasligi kerakligi belgilandi

Yangi Mehnat kodeksida dastlabki sinov muddati uch oydan, tashkilotlarning rahbarlari va o‘rinbosarlari, bosh buxgalterlar hamda tashkilotlar alohida bo‘linmalarning rahbarlari uchun esa olti oydan oshmasligi kerakligi belgilandi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov ma’lumot berdi:

2023 yilning 9 oyi davomida esa jami 10 978 ta ish ko‘rilgan bo‘lib, shundan 7 267 tasi (66,2%) qanoatlantirilgan, 1 376 tasi (12,5%) rad qilingan, 2 002 tasi (18,2%) ko‘rmasdan qoldirilgan, 331 tasi (3%) ish yuritishdan tugatilgan.

🖊2023 yil 20 noyabrda yangi tahrirdagi Oliy sud Plenumining “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi(kontrakt)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida"gi Qarori qabul qilindi.

✅Yangi Mehnat kodeksiga fuqarolik-huquqiy shartnomasini tuzish va mazkur shartnoma asosida yuzaga kelgan munosabatlarni yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar deb e’tirof etish masalasida yangi norma kiritildi.

✅Yangi Mehnat kodeksida ishga tiklash to‘g‘risidagi nizolar bo‘yicha xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi ish beruvchi buyrug‘ining nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran uch oy etib belgilandi.

✅Mehnat shartnomasini taraflarning kelishuvi bilan bekor qilishda taraflarning kelishuvi mehnat shartnomasiga doir qo‘shimcha kelishuv bilan yozma shaklda rasmiylashtirilishi, unda mehnat shartnomasi bekor qilinadigan sana, qo‘shimcha kelishuv tuzilgan sana va taraflarning rekvizitlari ko‘rsatilishi shartligi haqida yangi normak iritildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!