Damasda haligacha "shapka" bormi?

Damasda haligacha "shapka" bormi?

Xonqa tumani, Ahillik mahallasida yashovchi fuqaro Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasiga murojaat qilib, «Xorazmavtosavdo» MCHJda ishlaydigan Sarvar Po‘latov (ism-fa­miliya­lar o‘zgartirilgan) «Damas» rusumli avtomashina sotib olish shartnomasi uchun 1100 AQSh dollari talab qilganligini bildirgan.

Fuqaroning arizasi yuzasidan Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbirda fuqaro Sarvar Po‘latov avtosalondagi tanishlari or­qali «Damas» rusumli avtomashinaning shartnomasini tez orada olib berish evaziga firibgarlik yo‘li bilan fuqarodan 1100 AQSh dollarini olgan vaqtda qo‘l­ga olindi.

Mazkur holat yuzasidan S.Po‘latovga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishli huquqiy choralar ko‘rildi.

Dilrabo KURYAZOVA,

Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi katta inspektori

Manba: uz24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!