Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab qulay havo harorati kuzatilishi kutilmoqda

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab qulay havo harorati kuzatilishi kutilmoqda

"O‘zgidromet" markazi O‘zbekiston bo‘ylab 29-31 iyulga qadar kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha qulay havo harorati bo‘lishi kutilmoqda.

Bugun respublika hududining katta qismida havo harorati 33-38, janubda ba’zi joylarda 40 gacha bo‘lgan quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Faqat rsepublikaning shimoli-g‘arbida ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda, ammo hududlarning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda, 30 iyul shanba kuni Toshkent viloyatida va 31 iyul yakshanba kuni Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechalari 20-23, kunduz kunlari 33-36 atrofida bo‘ladi, bu iyul oyi oxiridagi iqlimiy me’yorlarga yaqindir.

Ushbu kunlarda janubda va cho‘l hududlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!