Dam olish kunlari ob-havoning iliq bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari ob-havoning iliq bo‘lishi kutilmoqda

​​​​​Juma va shanba kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ib, haroratning bir oz pastlashi kutilmoqda. Yakshanba kuni esa iliq va nam ob-havo hukmronlik qiladi.

Juma kuni respublika hududiga Kaspiy dengizidan Turkmaniston orqali harakatlanayotgan «Janubiy Kaspiy sikloni» kirmoqda, deya xabar qildiO‘zgidromet matbuot xizmati. Natijada Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatilmoqda.

Kun davomida Buxoro, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. Samarqand, Qashqadaryo, Surxandaryo viloyatlarida yomg‘ir kechga borib yog‘ishi kutilmoqda. Qolgan joylarda ob-havo quruq va iliq bo‘ladi. Harorat 12−17 daraja atrofida bo‘lib, shu kun uchun xos bo‘lgan o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 4−5 darajaga yuqoridir.

Shanba kuni mamlakatning markaziy qismidagina (Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari bo‘yicha) yomg‘ir yog‘adi. O‘zbekistonning qolgan hududlarida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat kechasi 2−7 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi 8−13 darajagacha pasayadi va me’rga yaqinlashadi.

Bugun va ertaga respublika bo‘yicha shamolning tezligi sekundiga 15−20 metrgacha kuchayadi.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga Turkmaniston tomondan yana iliq va nam havo oqimi kiradi. Respublikaning katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzgi harorat yana ko‘tarilib, 12−17 daraja iliqni tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!