Dahshat! Tanbeh bergan onaxon kaltaklar ostida qoldi

Dahshat! Tanbeh bergan onaxon kaltaklar ostida qoldi

Kanadaning Saskatun shahrida dahshatli hodisa sodir bo‘di. To‘rt nafar o‘smir ularga tanbeh bergan onaxonni o‘lasi qilib kaltaklashdi.

Internetda ushbu hodisa tasviri tezda tarqalib ketdi. Videoda tanbeh bergan kampirning qanday kaltaklanganligi yaqqol ko‘rinib turgan. Ma’lum bo‘lishicha,  onaxon yerga yiqilganidan keyin ham o‘smirlar uning boshi va tanasining boshqa a’zolariga tepishni davom ettirganlar.  

Tergovchilar bu hodisani tekshirishmoqda.

Maktab o‘quvchilarining bunday tajovuz qilishlariga nima sabab bo‘lganligi allaqachon ma’lum qilindi. Aytilishicha, bolalar boshqa keksa odamga qarata toshlar otishgan, bu esa jabrlangan onaxonni g‘azablantirgan. Shundan so‘ng bolalarga tanbeh bermoqchi bo‘lgan. Ammo oyoqlar ostida qolib ketgan.

Do‘pposlanish vaqtida onaxon jiddiy jarohatlar olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!