Dahshat! Oyparastlik xastaligiga chalingan qizni uyqusida yurganida zo‘rlashdi

Dahshat! Oyparastlik xastaligiga chalingan qizni uyqusida yurganida zo‘rlashdi

Angliyaning Reding shahri sudi 23 yoshli yigitni uyqusida yurgan qizni zo‘rlaganlikda aybdor deb topdi.

Bu haqida BBC manbasi xabar qildi. Aytilishicha, 23 yoshli yigit o‘tgan yilning 7 fevralida 19 yoshli qizning uyiga yashirincha kirib olgan va uni kuzata boshlagan.

Oyparastlik xastaligiga chalingan qiz uyqusida turib ketib oshxonaga qarab yurgan. Yigit esa qizning ortidan kuzatib borib, uni zo‘rlashni boshlagan. Ammo shu payt qiz uyg‘onib ketgan.

Jabrdiydaning qichqirig‘iga qo‘shnilar chopib kelishgan va polisiyaga qo‘ng‘iroq qilishgan. Guvohlarning aytishicha, yigit jinoyat sodir etilgan joyda qo‘lga olingan.

Sud ayblanuvchining noroziliklariga qaramasdan uni aybdor deb topdi va qamoq jazosiga hukm qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!